Mohir qoʻllar

Kerak boʻladigan materiallar: farzandingiz uchun kichik oʻyinchoqlar, masalan,  kubiklar, doirachalar, qoʻgʻirchoqlar; yumshoq choyshablar; yostiq.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: kichkintoyingiz bilan mashgʻulotni boshlashdan oldin qulay va xavfsiz joy tayyorlang. Ishlatmoqchi boʻlgan choyshabingizni  gilam yoki tekis yuzaga soling. Keyin yostiqni choyshab ustiga qoʻying. Mashgʻulot samarali boʻlishi uchun bolangizni qorni bilan yostiqqa yotqizib qoʻyishingiz kerak.

U qoʻlini choʻzishi va ushlashi uchun oʻyinchoqlarni uzoqroqqa joylashtiring.

Mashgʻulotning maqsadi – kichkintoyingizga tanasidagi mushaklarni jismonan rivojlantirishni, mashq qildirishni oʻrgatish, shuningdek, bolaning diqqatini rivojlantirishga erishish.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot bolangizga mayda motorikalarini  rivojlantirishga va mushaklarini boshqarishga yordam beradi.