Muhitni oʻzgartirish: xatti-harakatlarni boshqarish vositasi
Farzandingizning muhitini oʻzgartirish: bu nimani anglatadi?
Farzandingiz oʻzini siz istagandek tutmasa, uning muhitiga diqqat qilganingiz maʼqul. Farzandingizning muhitini oʻzgartirish orqali siz uning xatti-harakatlarini oʻzgartirishingiz mumkin. Atrof-muhitni oʻzgartirish, bolangiz atrofida sodir boʻlayotgan voqealarga kichik, boshqariladigan oʻzgarishlar kiritish degani. Bu koʻchish, mebel almashtirish, qimmatbaho oʻyin jihozlarini oʻrnatish va hokazolarni anglatmaydi!
Farzandingizning muhiti: bu nima?
Bolalarning xulq-atvori haqida gap ketganda, atrof-muhit deganda shunchaki bolangiz atrofidagi kichik narsalar anglashiladi. Farzandingizning “xulq-atvor muhiti” quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- uning joylashuvi – masalan, parkda, uyda, supermarketda;
- oʻyinchoqlar, kitoblar, oʻyin jihozlari va siz uning oʻynashini xohlamasligingiz mumkin boʻlgan boshqa narsalar;
- boshqa bolalar va ularning oʻzini tutishi;
- yorugʻlik, shovqin kabilar;
- kun tartibi;
- sizning talablaringiz va koʻrsatmalaringiz.
Bu narsalar bolangizning xatti-harakatlariga taʼsir qilishi va hatto istalmagan xatti-harakatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Chunki farzandingiz:
- atrofdagi narsalar bilan oʻynashni xohlaydi;
- oʻz atrofini oʻrganadi;
- uxlash vaqti kelgan boʻlsa, charchoqni his etadi;
- juda koʻp shovqin yoki harakat boʻlsa, oʻzini asabiy his qiladi;
- sevimli oʻyinchoqlarini boʻlishishni xohlamaydi.
Shuning uchun baʼzan agar u tushunmasa, talab qilishda turib olmang.
Farzandning jismoniy muhitini oʻzgartirish
Farzandingiz xohlagan tarzda oʻzini tutishi uchun bolaning muhitidagi jismoniy narsalarni oʻzgartirish boʻyicha baʼzi fikrlar.
Uyda
- Moʻrt va qimmatbaho buyumlarni koʻzdan uzoqlashtiring bu – xavfsizlik va yaxshi xulq-atvor uchun muhimdir.
- Farzandingiz gʻazablanganida foydalanishi uchun “tinch joy” yarating. Bu yaqin-atrofdagi bolangizning sevimli kitoblari yo maxsus yostiq boʻlishi mumkin.
- Farzandingiz ertalab maktabga tayyorgarlik koʻrayotganida planshet, televizor kabi ekranli jihozlar oʻchirilganiga ishonch hosil qiling.
Tashqarida
Iloji boʻlsa, xavfsiz tashqi makonni tanlang. Masalan, hovli, oʻyin maydoni kabi. Bunda sizning tashvishingiz va bolangizning harakatlari boshqalarga halal berishi ehtimoli kamroq boʻladi.
- Avtomobil, poyezd yoki avtobusda ham oʻtirgan joyingizni oʻzgartirsangiz boʻladi. Masalan, ota-onalardan biri ikki bolasining orasiga oʻtirsin. Yoki bitta bolaga deraza yonida bir muddat oʻtirishga ruxsat bering, oʻrin almashishga oʻrgating.
- Oilaviy dam olish uchun sizga ham bolangizga ham yoqadigan joylarni qidiring. Masalan, bolangiz uchun oʻyin maydonchasi, siz uchun qahva aravachasi boʻlgan.
- Avtomobil safarida muhitni oʻzgartirish uchun musiqadan foydalaning. Agar bolangiz zerikib qolsa, siz yaxshi musiqa yoki tinchlantiruvchi musiqa tanlashingiz, hatto qoʻshiq ijro etishingiz mumkin.
Oʻyinchoqlar va narsalar
- Katta aka-uka xonasining eshigiga bolalar eshigini oʻrnating. Bu katta bolaga oʻyinchoqlar bilan oʻynash fursatini beradi, ukasi singlisi bezovtalanmaydi.
- Farzandingizning sevimli oʻyinchoqlarini u ololadigan joyga qoʻying. Chunki u oʻyinchoqlarini qidirayotganda balandga chiqishni yo oʻzi uchun xavfli hisoblangan joylarga kirishni xohlamaydi.
- Farzandingizga oʻrtoqlari bilan baham koʻrishni istamaydigan oʻyinchoqlarini tanlash, keraksizlarini esa tashlab yuborishiga yordamlashing.
Farzandning muhitida mashgʻulotlar vaqtini oʻzgartirish
Kutilmagan voqealar sodir boʻlganda farzandingiz muhitini oʻzgartirishingiz mumkin. Mana baʼzi fikrlar:
- yotishdan oldin tinch va xotirjam harakatlarini ragʻbatlantiring;
- kunduzgi uyqudan keyin bolangizni doʻkonga olib boring;
- bosim va stressni kamaytirish uchun ertalab turing, maktabga shoshing;
- hammomdan chiqmaslik haqida janjal boʻlmasligi uchun bolangizning choʻmilish vaqtini erta boshlang;
- avtoulovda uzoq yursangiz tez-tez tanaffus qiling.
Talab va koʻrsatmalarni oʻzgartirish
Siz gapirish usulini oʻzgartirib yoki farzandingizdan biror narsa qilishni soʻrash orqali farzandingizning xatti-harakatlarini oʻzgartirishingiz mumkin.
Koʻrsatma bu – bolangizga biror narsa qilishini aytishingiz. Agar siz aniq, qisqa va sodda koʻrsatma bersangiz bolangiz nima istayotganingizni biladi. Masalan: “Yoʻlni kesib oʻtganimizda qoʻlimdan ushlab tur”. Ammo koʻrsatmalar juda koʻp boʻlsa, bolalar oʻzlarini isyonkor tutishlari mumkin.
Talab bu – bolangizdan biror narsa qilishni soʻrashingiz. Misol uchun: ʼIltimos, dasturxon yozib ber?”
Farzandingiz soʻrovga “ha” yoki “yoʻq” deb javob berishni tanlashi mumkin. Talablar bolangizga tanlov va nazorat tuygʻusini beradi. Bu sizning farzandingiz bilan hamkorlik qilish imkoniyatingizni oshiradi.
Koʻrsatma va soʻrovlarning tartibini tuzib olganingiz maʼqul. Soʻrovlarni koʻrsatmalarga qaraganda tez-tez ishlatishga harakat qiling.