Murakkab mavzular

Asosiy fikrlar: bolalar uchun qiyin mavzular orasida ajrashish, kasallik, oʻlim, jinsiy aloqa va tabiiy ofat kabilar bor. Murakkab mavzular haqida gapirish bolangizga hodisalar mohiyatini tushunishda yordam beradi. Murakkab mavzular haqida gapirish usuli bolangizning yoshi va tushunish qobiliyatiga, shuningdek, oʻzingizning madaniy va oilaviy qadriyatlaringizga bogʻliq.
Body

Nima uchun bolalar bilan murakkab mavzular haqida gaplashish yaxshi?

Murakkab mavzular sizning oilangizda muhokama qilish uchun hissiy va qiyin boʻlishi mumkin. Ajralish, kasallik, oʻlim, zoʻravonlik, tabiiy ofatlar va boshqa mavzular hayotning bir qismidir. Murakkab mavzular haqida gaplashish bolangizga keyinchalik hayotdagi qiyinchiliklar bilan kurashishida yordam beradi.

Agar siz murakkab mavzular haqida ochiq muloqotni ragʻbatlantirsangiz farzandingiz har doim siz bilan har bir mavzuda gaplashish mumkinligini bilib oladi. Agar uni biror narsa tashvishga solsa tinglash va maslahat berish uchun tayyorligingizni his qiladi.

Farzandingiz bilan qiyin mavzular haqida gaplashish sizning oilangiz va madaniyatingiz uchun muhim boʻlgan qadriyatlar va eʼtiqodlarni tushuntirish imkonini beradi.

Murakkab mavzular haqida gapirish bolalar tafakkuri kengayishiga hissa qoʻshadi. Bolalar his-tuygʻularini ifoda etish va ishlash imkoniga ega boʻlganlarida bu ularga stressni yengishiga yordam beradi. Aks holda farzandingiz dalillarni mantiqiy tushunmasa, u yomon narsalarni tasavvur qilishi, yanglish xulosa chiqarishi mumkin.

Goʻdak va maktabgacha yoshdagi bola bilan murakkab mavzularni muhokama qilish

Qiyin mavzularni qanday qabul qilish bolangizning yoshi va dunyoqarashiga bogʻliq. Goʻdak va maktabgacha yoshdagi bolalar bilan murakkab mavzular haqida gaplashganda oddiy tilda gapirishga, ular tushunadigan ifodalarni qoʻllash muhim. Misol uchun:

  • “Buving vafot etdi. Afsus, biz uni endi koʻrmaymiz”.
  • “Biz seni sevamiz. Ammo otang va men boshqa uylarda yashasak, sen uchun yaxshi boʻladi deb oʻylayapmiz”.
  • “Chaqaloqlar ona qornida, bachadon deb nomlangan joyda oʻsadi”.
  • “Bu mashina bizga urilganda men ham qoʻrqib ketdim, ammo hozir xavf ortda qoldi”.

Kutubxonada, bolangizning maktabidan yoki sogʻliqni saqlash provayderingizdan turli xil qiyin mavzular haqida qanday gapirish uchun resurslarni izlang.

Bolangiz maktabgacha yoshda nima koʻrayotgani, gapirayotgani, ommaviy axborot vositalarida nimani koʻrishidan xabardor boʻling. Masalan, televizorda qarama-qarshilik va noroziliklar haqidagi videolavhalar ketayotgan boʻlsa, bolangiz soʻramasidan oldin bu haqda u bilan muhokama qilish imkoniga egasiz.

Murakkab suhbatlarni rejalashtirish

Farzandingiz soʻrashidan oldin qiyin mavzular haqida oʻylagan yaxshi. Shu tarzda siz murakkab mavzu paydo boʻlganda bunga tayyor turasiz.

Murakkab suhbatlarni rejalashtirishga yordam beradigan baʼzi maslahatlar:

  • Farzandingizga qaygʻuli yoki xavotirli gaplarni oʻzingiz ayting. Bolangizni yaxshi biladigan, u bilan yaqin boʻlgan kishidan farzandingiz bilan gaplashishini soʻrang.
  • Oldinda rejalashtirish uchun vaqt bor boʻlsa ikkingiz ham tinch boʻlgan vaqtni tanlang. Agar iloji boʻlsa gapirish uchun maxsus qulay joy tanlang.
  • Rostgoʻy boʻling. Misol uchun: “Ha, dadang hozir Sanobar bilan yashaydi. Ammo bu u sizlarni sevmaydi, degani emas”.
  • Farzandingiz sizga savol berishi mumkinligini hisobga oling.
  • Suhbatni boshlagach bolangizni tinglang. Koʻz bilan aloqa qiling va bolangizning darajasiga tushing. Siz uning nima deyotganini tushunganingizni tekshirish uchun uning his-tuygʻularini qaytarish foydalidir.
  • Agar kerak boʻlsa, bolangizni koʻproq quchoqlab tasalli berishga tayyor boʻling.
  • Maktabgacha yoshdagi bolaga qiyin maʼlumotlarni qayta ishlashiga yordam berish uchun oʻyinlar, suratlar va ertak kitoblaridan foydalaning.
  • Farzandingiz mavzuni koʻtara olmay qolsa mavzuga keyinroq qayting. Farzandingizga siz aytayotgan narsalarni anglab olishi uchun vaqt kerak, lekin u bu haqda yana gapirish uchun daldaga muhtoj boʻlishi mumkin.

Sizni qiynayotgan mavzular

Gapirishingiz juda qiyin boʻlgan mavzular. Ular odatda bu sizning kelib chiqishingiz yoki madaniy va diniy qadriyatlaringiz bilan bogʻliq boʻladi. Yoki sizga ajralish kabi qiyin mavzu taʼsir qilgani sabab shundaydir. Agar bu sizga ogʻir boʻlsa doʻstingiz bilan siz uchun qiyin boʻlgan masalalar haqida gaplashish rejasini koʻrib chiqishingiz mumkin.

Hissiyotlarga hokim boʻling va bolangizga nimani aytmoqchi boʻlsangiz u shuni bilsin. Agar siz qattiq qaygʻursangiz, bu sizning farzandingizni ham xafa qilishi mumkin. Murakkab mavzular haqida oʻylashning oʻzi sizni juda xafa qilayotgan boʻlsa oilaviy shifokoringiz yo ishonchli mutaxassis bilan maslahatlashing.