Musiqa ostida harakatlar

Kerak boʻladigan materiallar: turli ritmdagi musiqa; yogʻoch bolgʻacha/qoshiq yoki tayoq.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: kichkintoyingiz bilan birga foydalaniladigan musiqani tayyorlang, turli ritmdagi musiqani qoʻllashingiz va qaytarishni osonlashtirish uchun uni soddalashtirishingiz mumkin.

Kichkintoyingizni koʻtaring va musiqa ritmiga mos raqsga tushing. Bola harakatlarni yaxshi oʻzlashtirishi uchun uy ichida raqs tushgan holda yurishingiz mumkin. Keyin siz kichkintoyingiz bilan yerga, qulay yuzaga oʻtirib, musiqa ritmiga rioya qilgan holda pol yoki yerga yogʻoch bolgʻacha/yogʻoch yoki qoʻllaringiz bilan urishingiz mumkin. Kichkintoyga harakatlaringizga taqlid qilishni taklif qiling.

Kichkintoyingiz ritmga rioya qilmaydi, lekin ushbu mashgʻulot keyinchalik bu koʻnikmaga erishishi uchun asos boʻladi.

Agar musiqa qoʻya olmasangiz, qoʻshiq kuylashingiz, raqsga tushishingiz va yerda ritmga mos harakatlar qilishingiz mumkin.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot yordamida kichkintoyingiz ritm tuygʻusini rivojlantirishi, harakat bilan bogʻliqlik oʻrnatishi va qoʻshimcha yordamsiz oʻtirishiga yordam berasiz.