Musiqiy haykallar
Kerak boʻladigan materiallar: musiqa.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu quvnoq va maroqli oʻyinda ishtirokchilar qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi! Oʻyin gʻoyasi oddiy – musiqa yangrab turgan vaqtda bolalar oʻynashadi. Ammo musiqa tingach, ular turgan joylarida qotishlari va umuman qimirlamay turishlari kerak.
Bir kishi musiqani boshqarib, oʻyinga hakamlik qiladi. Musiqa tingach, u ishtirokchilarning har bir harakatini kuzatishi kerak. Qimirlagan, silkingan har qanday ishtirokchi oʻyindan chiqib ketadi! Taxminan 20 soniyadan keyin hakam musiqani boshqatdan qoʻyadi va oʻyin bitta ishtirokchi qolgunga qadar davom etadi.
Har oʻyinda musiqani almashtiring (yoki har bir raundda) va bolalarga ham harakatlarini musiqaga mos ravishda oʻzgartirishni taklif qiling. Siz pop, klassik, folklor, jaz va jahon musiqalarini qoʻyib berishingiz mumkin!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: musiqiy haykallar – har qanday joyda va turli kechalarda oʻynash mumkin boʻlgan ommalashgan oʻyin, uni sozlash koʻp vaqt olmaydi. Bolalar tinglash va muvozanatni saqlash koʻnikmalarini, shuningdek, refleks va raqs harakatlarini tekshirib koʻrishi mumkin!