Nimani afzal koʻrasiz?

Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu oʻyinda bir-biringizga navbatma-navbat bemaʼni savollar berasiz va ularga javob ham qaytarasiz! Har bir savol uchun bolalar oʻzlari istagan mavzuga ssenariy tuzadi va nimaga bunday qilganini tushuntiradi. Quyida keltirilgan misollarni koʻring va oʻzingizning savollaringizni oʻylab toping:

– Siz sevimli issiq taomingizni sovuq holda yeyishni afzal koʻrasizmi yoki sovuq taomni issiq holda yeyishnimi?

– Siz hidning sassiq boʻlishini afzal koʻrasizmi yoki umuman hid sezmasliknimi?

– Siz juda katta oyoq kiyim kiyishni afzal koʻrasizmi yoki kichkinasinimi?

– Sizga juda issiq boʻlgani afzalmi yoki juda sovuq boʻlganimi?

– Har bir qoʻlingizda 6 tadan barmoq boʻlgani yaxshimi yoki har bir oyogʻingizdami?

– Siz ilon tilini afzal koʻrasizmi yoki qushlar tilinimi?

– Siz qushday uchishni afzal koʻrasizmi yoki baliqday suzishnimi?

– Koʻrinmas qiladigan ust kiyimingiz boʻlishini xohlaysizmi yoki vaqtni toʻxtatadigan soatingiz boʻlishinimi?

– Siz uchun faqat shivirlab gapirish afzalmi yoki baqirib gapirishmi?

– Suvni nazorat qilish afzalmi yoki olovnimi?

Bu mashgʻulotni oʻyinga aylantiring va kimning savollari koʻproq zavq ulashishini koʻring!

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashq tanqidiy fikrlashga qaratilgan! Bolalar gʻalati savollarga duch kelib, qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishni, buning uchun dalillardan foydalanishni va oʻz tanlovlarini qoʻllab-quvvatlash uchun sabablar keltirishni oʻrganadi. Eng yaxshi jihati qaysi? Savollar siz xohlagancha bemaʼni boʻlishi mumkin!