Hayotning ikkinchi yilida bola uchun jismoniy faoliyat, ekran oldida harakatsiz oʻtirish vaqti va uyqu boʻyicha tavsiyalar
Ushbu yoshdagi bola uchun kundalik tadbirlarni rejalashtirish oson emas. Ular yoshgagina emas, har bir bolaning shaxsiy ehtiyojlariga koʻra ham belgilanadi. Bunga yaxshi tanlangan va moslashtirilgan vaqt: jismoniy mashqlar, harakat cheklangan (ovqatlanish, avtomobilda va aravachada aylanish...) va uyqu uchun ketgan vaqt bola sogʻligʻining yaxshilanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Hayotining 2-yilidagi bolalar
- Ushbu yoshdagi bola kun davomida kamida 180 daqiqa vaqtni har xil turdagi faol jismoniy mashqlar, shu jumladan, oʻrtacha va kuchli jadallikdagi faol jismoniy mashqlar bilan oʻtkazishi kerak.
- Bolalar aravachasida, oʻrindiqda, avtomobilning bolalarni tashuvchi moslamasida yoki boshqa tashuvchi moslamada harakat cheklangan dam olish holati 1 soatdan oshmasligi kerak.
- Hayotining ikkinchi yili oxirigacha bolalar ekranli qurilmalar (mobil telefon, planshet, televizor)ni oʻynashi tavsiya etilmaydi. Ruxsat bergan taqdiringizda ham, faqat kattalar ishtirokida va tez-tez tanaffus qilib oʻynasin, oʻyin vaqti 1 soatdan oshmasligini taʼminlang.
- Siz farzandingizning asosiy oʻqituvchisisiz, lekin unutmang, ushbu mobil telefon, planshet va televizorning taʼsiri bolaning holatiga va xulq-atvoriga, oʻrganish va fikrlash jarayoniga taʼsir qilishi mumkin.
- Bolaga sifatli uyqu kerak. Siz kunduzgi va tungi uyquning taxminiy ehtiyojlari kuniga 11 dan 14 soatgacha boʻlishini yodda tutib, bolangizni uning ehtiyojiga mos uxlashga oʻrgatasiz.
Yengil jismoniy mashqlar bola dam olish vaqtiga nisbatan 1,5 dan 4,0 baravar koʻproq energiya sarflaydigan jismoniy faoliyatni oʻz ichiga oladi: choʻmilish, sekin yurish va boshqa tasodifiy harakatlar; ular bolaning toliqishiga olib kelmaydi.
Oʻrtacha va kuchli jadallikdagi jismoniy faoliyatga bola dam olish vaqtidan 4-7 barobar koʻproq energiya sarflaydigan mashqlar kiradi: tez yurish, velosiped haydash, yugurish va toʻp bilan oʻynash, sakrash, suzish, raqsga tushish va hk.; bu vaqtda bola toliqadi, nafas olishi qiyinlashadi.