Tuvakka oʻrgatish: rasmlarda
Farzandingiz tuvakka oʻtirishni oʻrganishga tayyor boʻlganining belgilari
Agar farzandingizning tagi ikki soatgacha quruq tursa va u siydik yoki ichi kelayotganini bilsa, u tuvakka oʻtirishni oʻrganishga tayyor boʻlishi mumkin. Agar u ishtonini yechishni va kiyishni bilsa yanada yaxshi.
Hojatga chiqishi kerak boʻlgan qiz. Qiz tuvakka oʻtirishga tayyor.
Agar farzandingiz tuvakka qiziqsa va undan foydalanishingizni koʻrishni xohlasa, u tuvakka oʻtirishga tayyor boʻlishi mumkin. U sizga tagligi yomon boʻlganini aytishi mumkin.
Farzandingiz kunduzi ichki kiyim yoki ishtonchalar kiyib yurishi mumkin. Yaqin atrofda hojatxona yoʻq paytlarda (sayr vaqtida) yoki kunduzgi va tungi uyqu vaqtida taglikdan foydalansa boʻladi.
Tuvakka oʻrgatish asoslari
Tavsiya etiladigan kiyim
Farzandingizga yechilishi oson boʻlgan kiyim, masalan, elastik rezinkali ishtoncha kiydiring.
Bolalar hojatxonaga tayyor
Farzandingiz hojatga borishni xohlayotgani belgilariga eʼtibor bering. U qimirlashi yoki qoʻlini oyoqlari orasida ushlab turishi mumkin. Kun davomida tuvakka oʻtirishini unga muloyimlik bilan eslatib turing.
Farzandingizning ichi kelishi ehtimoli boʻlganda, masalan, ovqatlanishdan keyin 30 daqiqalar oʻtgach, uni tuvakka oʻtqizing. Bolaning oʻtirishi uchun taxminan 3–5 daqiqa yetarli.
Tuvakdan foydalanish odatlari
Farzandingiz tuvakka / unitazga qulay holatda oʻtirsin. Oyoq va tovonlarini ikki yoniga ajratib oʻtirish va gavdasi bilan oldinga engashish unga siydik va axlatdan xalos boʻlishga yordam beradi. Agar bola unitazga oʻtirsa, oyoqlari ostiga past stulchadan foydalanishingiz mumkin.
Farzandingizning orqasini arting yoki artishga yordam bering. Undan oldinga egilishini soʻrang. Doim olddan orqaga tomon arting. Agar farzandingizni siydigi yoki axlati tuvakdan tashqariga tushsa, uni koyimasdan va shovqin solmasdan tozalang.
Farzandingizga qoʻlini yuvishga yordam bering, keyin tuvakka oʻtirishni oʻrgangani uchun uni maqtang. Agar farzandingizni tuvakka qanday oʻrgatishdan tashvishlanayotgan boʻlsangiz, tibbiyot mutaxassisiga murojaat qiling.