Chaqaloq tugʻilganidan keyin COVID-19 dan himoyalanish choralari
Agar sizda COVID-19 borligi gumon qilinsa yoki tasdiqlansa, tugʻuruq paytida va chaqalogʻingiz tugʻilgandan keyin qoʻshimcha ehtiyot choralari talab qilinadi.
Body
Agar sizda COVID-19 infeksiyasi borligi gumon qilinsa yoki tasdiqlansa, tugʻuruq paytida va chaqaloq tugʻilgandan soʻng darhol qoʻshimcha ehtiyot choralari talab qilinadi:
- Tugʻilgandan keyin bolani qoʻlingizga olishda va ovqatlantirishda niqob taqing.
- Chaqaloqni tugʻilgandan soʻng darhol oʻzingizga olish uni isitadi va yaxshi nafas olish inkonini beradi, koʻkrakni osongina topishga va ikkalangizga yaqinlikni his qilishga yordam beradi.
- Bolani parvarish qilishdan oldin va keyin qoʻlingizni yuving.
- Tugʻilgandan keyingi birinchi soatda emizishni boshlang. Hali koʻkrak yumshoqligida, erta emizish bolaga emishni oʻrganishga yordam beradi.
- Ogʻiz suti – quyuq, sargʻish birinchi sut bolangizni kasallik va infeksiyalardan himoya qiladi.
- Kasalxonada yoki tugʻuruqxonada boʻlganingizda, doim yangi tugʻilgan chaqalogʻingiz bilan birga boʻling. Uni bagʻringizga bosib isitishingiz mumkin, bu kelajakda emizishni osonlashtiradi.
- Sut kelishi uchun chaqaloqni tez-tez emizing. Bola hayotining dastlabki 6 oyida sogʻlom oʻsishi va rivojlanishini taʼminlash uchun faqat koʻkrak suti bilan boqish kifoya.
- Tugʻilgandan keyingi dastlabki kunlarda chaqaloqqa suv yoki choy, sigir suti, bolalar boʻtqasi yoki sharbat kabi suyuqliklarni bermang. Ular yangi tugʻilgan chaqaloqning salomatligi uchun xavflidir.