Homilador ayollar va COVID-19 infeksiyasi
Homilador ayollarda koronavirus infeksiyasi (COVID-19 ) belgilarsiz kechishi mumkin. Kasallanganlar bilan muloqotda boʻlgan barcha homilador ayollar diqqat bilan kuzatilishi kerak. Agar infeksiya tasdiqlangan boʻlsa, homilador ayolning davolanishi kasallikning klinik koʻrinishiga bogʻliq.
Bugungi kunga qadar homiladorlik paytida COVID-19 kasalligining klinik koʻrinishlari va perinatal natijalar haqida cheklangan maʼlumotlar mavjud.
Hozirgi vaqtda homiladorlikning uchinchi uch oyligida infeksiya paydo boʻlganda, virus onadan bolaga yuqishi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Amniotik suyuqlik (bachadon suyuqligi), kindik qoni, vaginal sekret (qin suyuqligi), yangi tugʻilgan chaqaloq tomogʻidan olingan surtma va ona suti namunalarida oʻtkazilgan PZR testlari manfiy natija berdi.
Uchinchi uchoylikda (trimestrda) COVID-19 infeksiyasi yuqqanidan keyin ona yoki chaqaloqda ogʻir oqibatlar kuzatilishi haqidagi dalillar ishonarli emas, chunki baʼzi hollarda mavjud boʻlgan yondosh muammolar (homila qobigʻining erta yorilishi, yangi tugʻilgan chaqaloqning boʻgʻilishi, muddatidan oldingi tugʻuruq) yomon oqibatlarga olib keladi.