Yangi tugʻilgan chaqaloqlar va goʻdaklarga COVID-19 infeksiyasi yuqishi xavfi

Butun kuzatuv davrida yangi tugʻilgan chaqaloqlar va goʻdaklarda tasdiqlangan COVID-19 infeksiyasi nisbatan kam qayd etildi. Ularning koʻpchiligida kasallik yengil shaklda kechdi.
Body

Homiladorlik va tugʻish paytida onadan yangi tugʻilgan chaqaloqqa virus yuqishi haqidagi fakt haligacha tasdiqlanmagan, shuningdek, ona sutida virus borligi isbotlanmagan.

COVID-19 tahlili natijasi ijobiy boʻlgan oltita onaning amniotik suyuqligi (bachadon suyuqligi), kindik qoni, shuningdek, yangi tugʻilgan chaqaloqlarning tomogʻidan olingan surtma PZR tekshiruvidan oʻtkazildi va COVID-19 virusi uchun topshirilgan barcha tahlil natijalari manfiy chiqdi. Koʻkrak bilan birinchi marta oziqlantirilgandan keyingi koʻkrak suti namunasida ham COVID-19 infeksiyasi aniqlanmagan.

Koʻkrak suti bilan boqish va emizishning isbotlangan foydalari COVID-19 virusini yuqtirish xavfidan ancha ustundir.

Ona va yangi tugʻilgan chaqaloqda COVID-19 virusi borligi gumon qilinishi yoki infeksiya tasdiqlanishidan qatʼi nazar, ularning klinik holati imkon bersa, ona va yangi tugʻilgan chaqaloq xonada birga boʻlishi kerak.

Infeksiya tarqalishining oldini olish choralari (xonani tez-tez shamollatish, yuzalarni yaxshilab dezinfeksiyalash, qoʻllarni yuvish, chaqaloqqa gʻamxoʻrlik qilish va emizayotganda niqob taqish va uni muntazam ravishda almashtirish) hali ham majburiy boʻlishi kerak.