Bolalar kiyimlari – nima muhim: qulaylik yoki uslub?

Kichkintoy uchun kiyim tanlashda eng muhimi – qulaylik; kiyim tanaga erkin mos tushishi va harakatni cheklamasligi kerak. Bola uzib olishi va yutib yuborishi mumkin boʻlgan ortiqcha bezaklardan saqlaning, amaliylik va ob-havoga moslikni tanlang, soʻng uslubga eʼtibor bering.
Body

Chaqaloqlar juda issiq boʻlishini yoki qatma-qat kiyinishni yoqtirmaydi. Bu ularni asabiylashtiradi. Ota-onalar oʻzlari qanday kiyinsa, chaqaloqlarini ham xuddi shunday kiyintirishlari kerak. Xona harorati 18 dan 22 darajagacha, choʻmilish paytida esa 24 dan 26 darajagacha boʻlishi kerak. Bolaning normal tana harorati 36,8–37,3 daraja. Agar chaqaloq juda issiq boʻlsa, harorat 37,5 darajadan oshadi. Yangi tugʻilgan chaqaloqning qoʻllari va oyoqlari sovuqroq boʻlishi mumkin, bu normal holat.

Goʻdakning ust-boshlari oson kiyiladigan paxtali kiyimlardan iborat boʻlishi kerak. Chaqaloq kiyinish koʻnikmalarini oʻzlashtirguncha knopkali yoki boylanadigan ipli maykacha va bodilarni tanlash tavsiya etiladi. Paypoqlar juda tor boʻlmasligi va terida izlar qoldirmasligi kerak. Sizga yoqadigan tugmalar, bantik va har xil bezaklar bolangizga yomon taʼsir qilishi va koʻpincha ularni oʻynab oʻtirganda uzib olib, yutib yuborishi mumkin. Ob-havo sharoitiga qarab, ayniqsa, shamol esayotgan paytda qoʻlqop va bosh kiyimdan foydalaning.