Chaqaloq bilan birinchi sayr
Kichkintoyni hayotning 15-kunidan boshlab, baʼzi tavsiyalarga amal qilgan holda sayrga olib chiqish mumkin. Bolaning tashqarida boʻlishi uning umumiy holatini, kayfiyatini, uyqusini, ishtahasini, infeksiyalarga chidamliligini yaxshilaydi. Sayrning davomiyligi mavsum va iqlim sharoitlariga bogʻliq.
Body
Sayrga chiqayotganda nimalarga eʼtibor berish kerak?
- Birinchi kungi sayr uyning yaqinida boʻlishi, 5 daqiqadan 10 daqiqagacha davom etishi tavsiya etiladi, keyingi kunlarda sayr davomiyligi 10 daqiqaga oshiriladi.
- Sayrga chiqish vaqtini bolaning rejimiga moslang, agar u asabiy yoki qorni och boʻlsa, tashqariga olib chiqmang.
- Chaqaloqlar sayr orqali atrof olamni bilib olishadi. Kichkintoyingizning immuniteti juda zaif, shuning uchun u turli infeksiyalarga koʻproq moyil boʻladi.
- Odamlar koʻp toʻplanadigan xonada chaqaloq koʻproq mikroblar taʼsiriga duchor boʻladi.
- Mashinalardan chiqadigan gazlar va ularning shovqini ham kichkintoy uchun foyda keltirmaydi, shuning uchun u bilan bogʻlarda sayr qilish maqsadga muvofiq.
- Kiyim-kechak haqida gap ketganda, xuddi ota-onalar kabi bola ham ob-havo sharoitlariga mos ravishda kiyintirilishi kerak.
- Almashtirish uchun kiyimlar olishni unutmang.
- Chaqaloqni sayrga olib chiqishning eng oson yoʻli bu – aravacha. Bunda eng muhimi xavfsizlik va qulaylik hisoblanadi.
- Bola juda kichkinaligida yaxshiroq muloqot qilishi uchun aravachani itarib boradigan odamga qaratib yotqizilgan holda sayrga olib chiqiladi.
- Oʻtirishni boshlagandan soʻng, chaqaloqning atrofni kashf qilish ehtiyojlarini qondirish uchun uni oldinga qaratib oʻtqizish maqsadga muvofiq.