Obyektlarni oʻrganish

Kerak boʻladigan materiallar: karton, yelim yoki alyumin lotok; bolangizning kafti oʻlchamidagi toʻp yoki oʻyinchoqlar; izolenta.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyinni boshlashdan oldin kichkintoyingiz mashgʻulot oʻtkazadigan joyni tayyorlab qoʻying. Ushbu mashgʻulotni bajarish uchun bolangiz stulda oʻtirishi kerak.

Oʻyinchoqlarni lenta bilan karton yoki lotok ustiga yopishtirishdan boshlang, keyin kichkintoyingizni oʻtqizib, uning oldiga lotok yoki kartonni qoʻying. Unga oʻyinchoqlarga qarashni va ulardan birini qoʻliga olishni ayting. Sizdan oʻrganishi uchun unga bu harakatni koʻrsatib berishingiz mumkin. Agar lentani olib tashlashga va oʻyinchoqni chiqarib olishga qiynalsa, unga yordam bering (iltimos, oʻyinchoqlardan lentani olib tashlang).

Bola har safar oʻyinchoqni olishga muvaffaq boʻlganda yoki lentani olib tashlashga harakat qilganda uni ragʻbatlantirishni va maqtashni unutmang.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot kichkintoyingizga qoʻl mushaklarini mustahkamlashga va harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi.