Ochiq havoda bo’r bilan chizish

Kerak bo’ladigan vositalar: Yerga chizadigan katta bo’rlar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Bolalarga rasm chizishlari uchun katta bo’rlar bering. Bolalar nimani qayerga chizishni xohlayotganlarini o’zlari aniq bilsalarda,quyida nimadan boshlashlari mumkinligi bir necha g’oyalar misolida keltirilgan:

  • Agar sizning hovlingiz yoki yo’lkangizga tosh plitka yotqizilgan bo’lsa,har bir tosh plitkani turli ranglarga bo’yang.
  • Ba’zi plitkalarga belgilar chizing va faqat belgi chizilmagan plitkalarni bosing.
  • Sakrash qiziqarli bo’lishi uchun sinflar katagi tasvirini chizing.
  • Navbat bilan gul tuvaklari va egatlarga olib boruvchi burama labirintlar tasvirini tushiring.
  • Navbatma-navbat yerga yotib, bir-biringizning tanangiz atrofini bo’r bilan chizib chiqing,so’ng o’rningizdan turib, soch,yuz va kiyimlaringizni chizib,rasmni yakunlang.

Sizning o’rningizga yomg’ir barchasini yuvib tashlashini istasangiz, bolalar rasmni ochiq havoda chizishlariga undang!

Farzandingiz nimani o'rganadi :  Tashqarida bo’r bilan rasm chizish bolalarga tadqiqotchilik va erkinlikni his qilishlariga imkon beradi. Shuningdek,ushbu mashg’ulot bolalarni mayda qo’l motorikalarini rivojlantirib, maktabga tayyorgarlikda yaxshi natija beradi!