Ogʻiz yaralari
Ogʻiz yaralari haqida
Ogʻiz yaralari – ogʻiz boʻshligʻida, tilda yoki milklarda paydo boʻladigan yarachalardir.
Ogʻizdagi yaralar bir necha sababga koʻra yuzaga kelishi mumkin:
- virusli infeksiyalar;
- ogʻiz boʻshligʻining zamburugʻli yalligʻlanishi (til, milklardagi mayda oq dogʻlar);
- kuyish, chaqish yoki tishdagi briketlar ishqalanishi kabi jarohatlar;
- vitaminlar yetishmasligi (gipovitaminozlar);
- ichak kasalliklari.
Baʼzida yaralar aniq sababsiz paydo boʻladi.
Ogʻiz yarasining belgilari
Ogʻiz yaralari odatda ogʻizning ichki yuzasida, milk yoki tilda dumaloq shakldagi oq dogʻlar koʻrinishida boʻladi.
Bu yaralar, ogʻriqli boʻlishi mumkin, ayniqsa, bolangiz shoʻr yoki achchiq ovqat isteʼmol qilsa. Baʼzida farzandingiz yaralar tuzalib ketguniga qadar ovqat yeyishdan bosh tortishi ham mumkin.
Yarani infeksiya keltirib chiqarsa, bolada tana harorati koʻtarilishi mumkin.
Bola ogʻzida yara boʻlsa, shifokorga murojaat qilishi kerakmi?
Farzandingiz ogʻzida yaralar boʻlsa, shifokorga murojaat qiling.
Ogʻizdagi yaralar kattalashsa va koʻpaysa hamda quyida keltirilgan belgilar kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling:
- ozib ketish;
- qorin ogʻrigʻi;
- isitma;
- najasda qon yoki shilimshiq boʻlishi;
- boʻyin mushaklari tortilishi va charchoq;
- orqa chiqaruv teshigi atrofida qizarish;
- 3 oydan kichik chaqaloqning ogʻzida yara paydo boʻlsa.
Ogʻiz yaralarini davolash
Oddiy kichik ogʻiz yaralari odatda davolashni talab qilmaydi va bir hafta ichida tuzalib ketadi.
Yaralarda ogʻriq boʻlsa, ogʻriq qoldiruvchi gelni yaralarga surtishingiz mumkin. Gelni dorixonalardan retseptsiz sotib olishingiz mumkin. Farzandingiz katta yoshda va ogʻzini yuvish hamda chayishni bajara olsa, iliq tusli eritmada chayishi mumkin.
Bu vaqtda bolangiz oz-ozdan va tez-tez salqinroq suv ichishi kerak. Bu suvsizlanishning oldini oladi.
Ogʻiz boʻshligʻi yaralarini davolashning maxsus usullari bor. Farzandingizni bunday usullar bilan davolash kerak boʻlsa, shifokor sizga bu toʻgʻrisida maʼlumot beradi.