Oila bilan tanishish

Kerak boʻladigan materiallar: oila aʼzolarining rasmlari, marker yoki markerli ruchka.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: mashgʻulotni boshlashdan oldin polga adyol yoki gilamcha toʻshab, joy hozirlang. Bu oʻyinni karavotingizda oʻynasangiz ham boʻladi. Ismlarni osongina oʻqishingiz uchun oila aʼzolaringizning rasmlari orqasiga ularning ismlarini yozib oling.

Endi esa tayyorlagan joyingizga farzandingizni oʻtqizing. Kichkintoyingizga oʻtirishi uchun yordam kerak boʻlsa, uning atrofiga yostiqlardan qoʻying. Bolaning roʻparasiga oʻtirib,  rasmlarni koʻrsating va rasmdagi odamning ismini ayting. Bu odam toʻgʻrisida maʼlumotlar aytguningizcha u rasmga qarab tursin (taxinan 30 soniya davomida). Maʼlum vaqt oʻtgach, rasmni almashtiring va oldingi ishingizni takrorlang.

Farzandingizning oʻyinga qiziqishi yoʻqolguncha bu faoliyatni davom ettirishingiz mumkin. Mashqni bir haftada 2–3 marotaba takrorlasangiz boʻladi.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu oddiy mashq yordamida kichkintoyingiz turli oila aʼzolarining yuzlarini taniy boshlaydi va ularning har biri bilan aloqasi mustahkamlanadi.