Oilaviy fotosuratlar

Kerak boʻladigan materiallar: oilaviy fotoalbomlar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: raqamli suratga olishga odatlangan kichikroq yoshdagi bolalar uchun eski oilaviy albomlar – oilaviy tarixingiz haqida maʼlumot berishning ajoyib usuli!

Eski oilaviy fotosuratlarni oʻtirib tomosha qilish uchun vaqtingizni ajratib, fotosuratlarda ular tanigan va tanimagan insonlarni birma-bir koʻrsating. Siz oshxona stoli atrofiga yoki divanga qulay joylashib olgan holda bir nechta fotoalbomlar yoki bir-ikkita alohida suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Bolalar fotosuratlarda kimning bolaligi aks etganini taxmin qilishni yaxshi koʻradilar va buvisi yoki bobosi kichkinaligida ularga oʻxshaganini koʻrib hayron qolishlari mumkin! Oilangizning uch yoki toʻrt avlodining bir xil yoshda tushgan fotosuratlarini topishga harakat qiling va ularni oʻxshashlik topish uchun taqqoslang. Bir vaqtlar fotosuratlar faqat oq va qora rangda olinganini tushuntiring!

Qiziqarli mashgʻulot: oila aʼzolarining yosh paytida olingan fotosuratini topish va uni qayta tiklashga harakat qiling. Fotosuratlarni chiqartiring va ularni yonma-yon qoʻying – natija sizda tabassum hosil qilishi aniq!

Farzandingiz nimani oʻrganadi: qadimgi fotoalbomlaringizni toping va bolalaringiz, ota-onalaringiz, buvilaringiz va bobolaringiz bilan birgalikda vaqtlar osha sayohat qilish uchun yigʻiling. Ushbu mashgʻulot bolalarni tugʻilgunlariga qadar oila aʼzolarining hayoti qanday boʻlgani haqida oʻylashga undaydi, hissiy va ijtimoiy tegishlilik hissini oshiradi. Bu mashgʻulot bolalarni oʻz qoʻllari bilan shajara tuzishga undaydi.