Oilaviy intervyu
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: dastlab farzandlaringiz bilan qay biringiz birinchi boʻlib intervyu berishingizni kelishib olib, ularda savollarga nisbatan qiziqish uygʻotishga harakat qiling! Yaxshi fikr kerakmi? Suhbatni quyida berilgan savollar bilan boshlang va u qanday natija berishini kuzating!
1. Siz uy hayvonlari boqqanmisiz?
2. Sizga qish fasli yoqadimi yoki yoz? Nima uchun?
3. Sevimli taomingiz qaysi?
4. Boshqa mamlakatda yashaganmisiz? Buni istaysizmi? U qaysi mamlakat?
5. Sevimli qoʻshigʻingiz qaysi?
6. Qachondir suyagingiz singanmi?
7. Oxirgi koʻrgan filmingiz qaysi?
8. Agar sizda oʻtmishga qaytib, qaysidir tarixiy shaxs bilan uchrashish imkoni boʻlsa, kimni tanlardingiz?
Endi bolalarni mustaqil savol oʻylab topishga undang – savollar oʻta maʼnoli boʻlishi shart emas! Qaysi hayvonga koʻproq oʻxshashliklarini yoki qaysi taomni umrlarining oxirigacha har kuni isteʼmol qila olishlarini soʻrashga nima deysiz? Omad yor boʻlsin!
Mashgʻulot yanada qiziqarli oʻtishi uchun bolalaringizni oʻzlarini goʻyoki “qizil yoʻlkacha” muxbiridek tutishlariga undang!
Farzandingiz nimani oʻrganadi: qiziquvchan bolalar bunday mashgʻulotlarda oʻzlarini erkin his qiladi va hech bir qiyinchiliksiz oʻz oila aʼzolaridan intervyu oladi! (bu sizsiz!) Bu ularning ijtimoiy va kommunikatsion koʻnikmalarini rivojlantirish va siz haqingizda yangi maʼlumotlarni bilib olishning samarali usulidir.