Oilaviy qoʻshiqlar

Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ehtimol, siz bolangiz goʻdakligidanoq u bilan qoʻshiq aytasiz. Endi esa farzandingiz sizning ayrim sevimli qoʻshiqlaringizni yod olib kuylayapti va bu unga yoqadi. Eng avvalo, oddiy, bolangiz yaxshi biladigan, unga tanish qoʻshiqlardan birini kuylang. Farzandingizni qoʻshiqning bir qismini siz bilan birgalikda kuylashga undang. Qoʻshiqda naqarot yoki takror keladigan oddiy satr boʻlishi mumkin. Shuni tanlang. Shu qatorni kuylamasdan toʻxtashingiz, bolangiz esa qoldirilgan soʻzlarni oʻzi topib aytishi mumkin. Butun oila vaqtini birgalikda, ajoyib tarzda oʻtkazadi. Bolangiz oʻynayotganida yoki uyqudan oldin bu qoʻshiqlarning ayrim qismlarini oʻzi mustaqil aytayotganini koʻrasiz.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bunday faoliyat bolangizning xotirasini va fikrlash qobiliyatini oshiradi. U siz bilan birga aytayotgan qoʻshigʻidan yangi soʻzlarni oʻrganishi mumkin.