OITS nima?

Body

OITS – bu OIV infeksiyasi rivojlanishining soʻnggi bosqichidir.  OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi.  Sindrom - bu kasallikning bir-biriga mutanosib bir necha belgilarining yigʻindisidir. Orttirilgan - kasallik tugʻma emas, balki hayot davomida rivojlanganligini anglatadi. Immunitet tanqisligi – bu organizmning turli infeksiyalarga qarshi kurashuvchanlik xususiyatining susayishi.

 OIV infeksiyasi - sekin-asta immunitet tizimini zararlab, organizmning infeksiyalarga qarshi kurashuvchanligini susaytiradi. Ma’lum bir davrga kelib, organizmning infeksiyalarga qarshi kurashuvchanlik xususiyati shu darajada pasayadiki, OIV yuqtirgan inson boshqalar kasallanmaydigan turli infeksion kasalliklarga beriluvchan boʻlib qoladi va shu vaqtdan boshlab OIV infeksiyasi OITS bosqichiga oʻtadi.

 OIV infeksiyasi yuqishining 3 ta yoʻli mavjud:

Qon orqali:

  • Qon yoki uning komponentlarini quyishda va a’zolar koʻchirib oʻtkazilganda;
  • Begonalar shpritsi yoki ignasidan foydalanganda;
  • Nosteril tibbiyot va tatuaj anjomlaridan foydalanganda;
  • OIV bilan zararlangan insonning shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanganda (tish choʻtkasi, manikyur anjomlari va soqol olish vositalari);

Jinsiy yoʻl orqali:

  • Himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali;

Onadan bolaga:

  • Homiladorlik vaqtida;
  • Koʻkrak bilan boqish davrida;
  • Tugʻruq vaqtida.