OIV infeksiyasini stomatologda yuqtirish mumkinmi?
Body
Tish muolajalari paytida OIV infeksiyasini yuqtirib olish ehtimoli juda kam. Faqatgina dezinfeksiya va sterilizatsiya qoidalariga rioya qilinmasa yuqish ehtimoli yuzaga keladi.
Hozirgi vaqtda barcha stomatologiya muassasalari belgilangan sanitariya me’yorlariga muvofiq ishlaydi va bu tegishli organlar tomonidan nazorat qilinadi. Yuqish ehtimoli faqat inson omili, ya’ni tibbiyot xodimlarining oʻz vazifalarini bajarishdagi beparvo munosabati natijasida kelib chiqishi mumkin.
Agar barcha belgilangan sanitariya me’yor va qoidalariga rioya qilinsa, stomatolog huzurida odam immunitet tanqisligi virusini yuqtirish ehtimoli deyarli nolga teng boʻladi.
Faqat o'zingiz ishonadigan tish shifokoriga boring!