Onam va dadam bilan suhbat
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu chaqalogʻingiz bilan bajarishingiz mumkin boʻlgan tilni rivojlantirish mashqidir.
Kichkintoyingizning har bir javobi tabassum, harakatlar, guvranish, tovushlar yoki soʻzlar bilan birga boʻlishi kerak. Suhbatni yuz imo-ishoralari yordamida va boʻlayotgan suhbatga qarab ovoz ohangini oʻzgartirish orqali kuzatib boring.
Buni tagliklarini almashtirish, choʻmiltirish yoki kommunikativ aloqa oʻrnatish uchun mos keladigan boshqa vaqt davomida amalga oshirish mumkin. Agar chaqaloq suhbatga tayyor boʻlmasa, uni majburlamang.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot chaqalogʻingizga erta yoshdan til qoidalari va ritmlarini tushunishga yordam beradi va atrof olamni tushunish uchun asos yaratadi. Takrorlash bolalarga soʻzlarni eslab qolishga koʻmaklashadi, soʻzlar orasidagi munosabatlarni oʻrganish esa atrof olam haqida tushuncha hosil qilishga yordam beradi. Nutqni rivojlantirish bilan birga oʻzaro suhbat ota-ona va farzand oʻrtasidagi taʼsirchan aloqani mustahkamlaydi.