Oʻrdak, oʻrdak, gʻoz
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bolalaringizga chiroyli oʻtloqda katta davra qurib oʻtirishlarini ayting. Oʻyin qoidasiga koʻra, davrada oʻtirganlarning hammasi “oʻrdaklar” boʻladi. Bitta bola tanlab olinadi va u davraning tashqi tarafidan boshqa ishtirokchilarning boshiga sekingina shapatilab yuradi. Har shapatilaganda “oʻrdak” deydi. Bolalar kelishib, biror-bir ishtirokchini tanlab, “gʻoz” demagunicha oʻyin shu tarzda davom etadi. Ana shunda quvlashmachoq boshlanadi! Tanlangan gʻoz oʻrnidan turib, oʻrdakning ketidan yugurishi va u davrani aylanib boʻlib, gʻozning joyiga kelib oʻtirishidan oldin shu oʻrdakni tutib olishi kerak. Gʻoz oʻrdakni vaqtida tutib, uni “belgilab” olsa, oʻrdak gʻozning oʻrniga oʻtiradi va oʻyinning keyingi davrasi boshlanadi. Ammo oʻrdak davrani aylanib, gʻozning joyiga oʻtirishga ulgursa, gʻoz oʻrdak boʻlib, keyingi davrani olib boradi.
Eng katta “Oʻrdak, oʻrdak, gʻoz” oʻyini boʻyicha jahon Ginnes rekordi 2011-yilda oʻrnatildi, oʻyinda 2145 ta ishtirokchi qatnashib, maktab stadioni atrofida katta davra hosil qilishgan.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: doʻstlar bilan faol ijodiy oʻyin bolalarga koʻplab asosiy koʻnikmalarni egallashga va bir qator qobiliyatlarni yaxshilashga yordam beradi. Ushbu klassik oʻyinni qiziqarli va jozibali boʻlishi uchun oson moslashtirish mumkin. Yugurish oʻrniga oʻyinchilar sakrashi, hatlab oʻtishi yoki aylana boʻylab emaklashi kerak boʻlgan variantlarni sinab koʻring. Yoki soʻzlarni oʻzingizning sevimli mavzuyingizga moslashtiring, masalan, qaroqchilar, parilar va h.k.