Otalarni jalb qilish
Dunyo bo'ylab aksariyat jamiyatlarda bolalarni parvarish qilish onalarning majburiyati deb qaraladi va shu bilan bir paytda otalar ko’pincha bu jarayonda ishtirok etishdan qaytariladilar. Milliy siyosat va korxonalar otalarga bola parvarishi uchun ta’til olishga ruxsat bermay,yoki cheklovlar qo’ygan holda, bunday me'yorlarni kompaniyaning noto’g’ri siyosati shaklida kodifikatsiyalaydilar. Bular ota-onalar va erkak vasiylar o'rtasida ota-onalik majburiyatlarini to'liq amalga oshirishni cheklaydi, shu bilan birga onalar yoki ayol vasiylarning zimmasiga og’ir yukni yuklaydi. Shuni tushunish kerakki, otalar chaqaloqlar bilan aloqa o’rnatish va ularga g'amxo'rlik qilish uchun kuchli tug'ma qobiliyatlarga egadirlar. Ota-bola aloqasi ham gormonal / neyrobiologik asosga, ham psixologik asosga ega va bolaning rivojlanishi uchun juda muhimdir (Family Included, 2018).
Ota-onalar uchun maslahatlar:
- Farzandingiz tug'ilishidan oldin ota-ona ta'tilidan foydalanish, ish vaqtini boshqarish va h.k.lardan foydalanib, bolalarni parvarish qilish uchun yetarli vaqt ajratishga va turmush o'rtog'ingiz bilan uy yumushlarini bo’lishib olishga tayyor ekanligingizga ishonch hosil qiling.
- Ota bo'lish avvaliga haddan tashqari murakkabdek va katta tajriba talab qiladigandek tuyulishi mumkin. Sizga go’yoki sherigingizning hamma ishi nazorat ostida, sizda esa unday emasdek tuyuladi. Shuni yodda tutingki, barcha otalar o'z farzandlari bilan munosabatda bo'lish va ularni tarbiyalash uchun tug'ma qobiliyatga egadirlar va ota-onalik tajribasi bola uchun ham, ota-ona uchun ham juda foydalidir
- Otalar va erkak vasiylarni bolalar tug'ilgan kundan boshlab parvarish qilishda to'liq ishtirok etishga va ovqatlanish, o'ynash, cho'milish, kenguru metodi bo’yicha parvarish qilish va hokazolarni qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga olgan barcha ishlarda ishtirok etishga undash kerak. Kenguru metodi bo’yicha parvarishlash, ayniqsa, yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun ota-onalarning “teriga teri” teginishi bilan mashhur bo'lib, ayniqsa yangi tug’ilgan chaqaloqlar sog'ligi uchun foydali ekanligi isbotlangan. Jismoniy teginish kichkintoyingizga o’zini xavfsiz his qilishga imkon beradi, siz bilan ishonch va aloqani mustahkamlaydi va chaqalog'ingizning miya faoliyatini rivojlantiradi
- Sog'liqni saqlash xodimlari va tizimlari bolalarning sog'lig'ini tekshirish, emlash va boshqalar paytida otalarni ishtirok etishga faol ravishda undayotganlariga ishonch hosil qiling
- Ota-onalikka tayyorlang (masalan, otalar guruhlari) otalar va erkak vasiylar ko'nikmalarini rivojlantirish va psixologik qo'llab-quvvatlanishlarini ta'minlash uchun qulay muhit yarating.
- Farzandingiz bilan birga-bir vaqtingizni o'tkazing: bu munosabat va aloqani o'rnatish uchun eng yaxshi imkoniyatni beradi, shu bilan birga farzandingizning o’ziga nisbatan ishonchini oshiradi.
- Farzandlaringiz bilan tez-tez suhbatlashing, hikoyalar aytib bering, qo'shiq kuylang va ikki tomonlama muloqotni rag'batlantiring
- Bolalarning berayotgan signallarini ularning xatti-harakatlari va “tana tili” orqali o’rganing, masalan, chaqaloqning qorni ochgandagi yig’isi, uning charchagandagi yig’isidan farq qiladi
- Ko'krak suti bilan boqish uchun ayolingizni qo'llab-quvvatlang, bu tug'ilgandan keyingi dastlabki bir necha oy ichida ko'pincha qiyinchilik tug’dirishi va toliqishi mumkinligini tushuning, masalan, unga dalda bering, bolani oziqlanishi oralig'ida ko’tarib turing va hk.