Oʻtirishni oʻrganamiz
Kerak boʻladigan materiallar: yostiqlar.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bolangiz bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun joy hozirlayotganingizda birinchi navbatda qulay muhit yaratish zarurligini unutmang. Kichkintoyni gilamcha, yumshoq adyol yoki karavotga oʻtqizishingiz mumkin.
Kichkintoyingizni yostiqlar oldiga qorni bilan yotqizing, uni ragʻbatlantirish uchun orqa tomonlarini uqalang, keyin esa oʻgiring va yelkasini uqalang. Keyin yostiqqa oʻtqizing. Diqqatini jalb qilish uchun unga havo toʻldirilgan pufak yoki biror yarqiroq narsani koʻrsatishingiz mumkin. Bir necha daqiqadan soʻng farzandingizni yana yotqizing, ozroq dam olsin, soʻng yana oʻtqizing, lekin bu safar tikroq oʻtirishi uchun orqasiga ikkita yostiq qoʻying. Keyin yostiqlarni oling, shu holatda biroz oʻtirsin, soʻng dam olishiga ruxsat bering.
Bu mashgʻulotni 2–3 marta takrorlang.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot yordamida kichkintoyingiz oʻtirish holatidan boshlagan holda orqa mushaklarini mustahkamlaydi. Mashgʻulotning maqsadi – birovning yordamisiz va tayanchsiz bir necha soniyadan koʻproq vaqt davomida bolaning oʻtirish holatini saqlab turish.