Ovozli oʻyinlar
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: mashgʻulotga kirishishdan oldin chalgʻituvchi omillar kamroq boʻlgan xona yoki joyni tanlab oling.
Gilam yoki polga bolangizga yaqinroq oʻtiring va unga: “Kel, ovozlarimiz bilan oʻynaymiz!” deng. Ovozingizni yoʻgʻonlashtirib tovush chiqaring. Bolaning eʼtiborini tortish uchun bir nechta qoʻl harakatlarini qoʻshishingiz ham mumkin. Keyin esa ovozingizni pasaytiring. Yoʻgʻon ovozda qoʻshiq aytsangiz ham boʻladi. Bunday harakatlaringizga bolangizning munosabatini koʻring va unga ham shunday tovushlar chiqarishni taklif qiling.
Farzandingiz boshqa tovushlar bilan javob bersa, siz ham turli ovoz va qoʻl harakatlari bilan javob qaytaring. Shu tariqa kichkintoyingiz bilan navbatma-navbat gapiradigan “suhbat” qurasiz.
Siz bu mashgʻulotni kitob oʻqiyotganingizda, oilangizning biron-bir aʼzosiga taqlid qilayotganingizda yoki qoʻshiq kuylayotganingizda bajarishingiz mumkin.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot yordamida kichkintoyingiz navbatma-navbat gapirishni, ovozi bilan turli tovushlar chiqarishni oʻrganadi, muloqot va ijtimoiy oʻzaro munosabat koʻnikmalarini rivojlantiradi hamda maroqli vaqt oʻtkazadi.