Oʻyinchoq qayerda?
Kerak boʻladigan materiallar: qopqoqli uchta karton quti; bitta kichik oʻyinchoq.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ushbu mashgʻulotni boshlash uchun dastlab foydalaniladigan materiallarni tayyorlab olishingiz kerak. Kichkintoyingizni stul yoki tekis va qulay yuzaga oʻtqazing.
Uning oldiga uchta karton qutini qopqoqsiz qoʻying va ulardan biriga oʻyinchoqni joylang. Keyin qutilarni yopib, undan: “Oʻyinchoq qayerda?” deb soʻrang.
Qutilarni birma-bir oching va oʻyinchoq solingan qutini ochganingizda hayrat bilan shunday deb ayting: “Mana, u qayerda!” Endi kichkintoyingizning navbati, jarayonni takrorlang va u qutilarni ochishiga imkon bering. Oʻyinni ikkinchi marta oʻynaganingizda savolni oʻzgartirib: “Endi oʻyinchoqli qutini och” deb ayting...
Farzandingiz nimani oʻrganadi: ushbu mashgʻulot farzandingizning mantiqiy fikrlashi, diqqati va xotirasini rivojlantirishga katta yordam beradi. Farzandingiz ham norozilik yoki quvonchni izhor qila boshlaydi.