Oʻyinchoqlar xavfsizligi
Ota-onalar va tarbiyachilar bolalar oʻyinlari iloji boricha xavfsiz boʻlishi haqida qaygʻurishlari kerak. Oʻyinchoqlar va dam olish uсhun buyumlarni bolaning yoshi va harakat koʻnikmalariga mos ravishda tanlang, bolaga ularni xavfsiz ishlatishni oʻrgating, oʻyin paytida yosh bolalarni doimiy nazorat qiling.
Body
- Oʻyinchoqlar bolaning yoshiga mos boʻlishi kerak – har doim bolaning yoshi va psixomotor qobiliyatiga mos keladiganini tanlang. Ishlab chiqaruvchining barcha ogohlantirishlarini, xavfsizlik yoʻriqnomalari va koʻrsatmalarini diqqat bilan oʻqing.
- Oʻyinchoqning kattaligiga eʼtibor bering – u bolaning yoshiga mos boʻlishi kerak. Goʻdaklar va yosh bolalarga yutib yuborilishi mumkin boʻlgan oʻyinchoqlar (mayda yoki bolalar ogʻzidan kichikroq boʻlgan jismlar) bilan oʻynashiga ruxsat bermang. Katta oʻyinchoqlar (itarish mumkin boʻlgan aravachalar, samokatlar, velosipedlar va boshqalar) bilan ochiq havoda oʻynash mumkin, bunda ota-onalarning doimiy nazoratida boʻlish kerak.
- Yangi oʻyinchoq ochilgandan soʻng, bola tiqilib yoki boʻgʻilib qolishi mumkin boʻlgan barcha qadoqlashda ishlatiladigan oʻramlarni (sumkalar, plastmassa buyumlar, plyonka va boshqalar) darhol tashlab yuboring.
- Oʻyinchoqlarning yaxlitligiga eʼtibor bering – yosh bolalar uchun oʻtkir qirrali oʻyinchoqlar sotib olmang. Kattaroq bolalarning oʻyinchoqlarining singan qismlari yoki bolaga shikast yetkazadigan oʻtkir qirralari yoʻqligini muntazam tekshirib turing. Buzilgan oʻyinchoqlarni zudlik bilan taʼmirlang yoki tashlab yuboring.
- Zaharliligiga eʼtibor bering – oʻyinchoqlar va rasm chizish vositalarida (flomaster, qalam va boshqalar) bolaning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi moddalar boʻlishi mumkin – toksik boʻlmagan deb belgilangan mahsulotlarni sotib olishga harakat qiling.
- Oʻyinchoqlarning tozaligiga eʼtibor bering – goʻdaklar va yosh bolalar oʻyinchoqlarini muntazam tozalash kerak, chunki ular deyarli barcha duch kelgan narsani ogʻziga soladi. Yumshoq oʻyinchoqlarni muntazam yuvib turing, chunki ularda chang toʻplanadi. Tashqarida oʻynash uchun ishlatiladigan barcha oʻyinchoqlar va buyumlarni (toʻplar, samokatlar, velosipedlar va boshqalarni) muntazam tozalab turing.
- Oʻyinchoqlarni xavfsiz joyda saqlang:
- Barcha oʻyinchoqlarni, ayniqsa yumshoq oʻyinchoqlarni ochiq issiqlik manbalaridan uzoqroqda saqlang.
- Katta va kichik bolalar oʻyinchoqlari alohida saqlanishi kerak.
- Mayda qismlari boʻlgan barcha oʻyinchoqlarni (qurilish konstruktorlari, jumboqlar va h.k.) yosh bolaning qoʻli yetmaydigan joyda saqlang.
- Lekin oʻyinchoqlarni, bola olish uchun harakat qilganida, yiqilib tushishi mumkin boʻlgan joylarda, masalan, baland tokchalarda saqlamang.
- Oʻyinchoqlarni, bolaning ustiga tushsa, unga zarar yetkazmasligi uchun, qopqogʻi boʻlmagan yoki yengil qopqoqli qutilarda saqlang.