Oʻz avtomobilingizni yarating
Kerak boʻladigan materiallar: rangli ruchkalar va qalamlar, qogʻoz.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ishni avtomobil chizmasini chizishdan boshlang. Mashina tepa qismining balandligi qanday boʻlishi, unda oynalar, eshiklar va gʻildiraklar nechtadan boʻlishini oʻylab koʻring. Bolalarga loyihalashtirilayotgan mashinaga ayrim gadjetlarni qoʻshishni taklif qiling, yigʻiladigan qanotlar yoki tovushdan yuqori tezlikka erishadigan raketa dvigateliga nima deysiz?
Mashina rangi va oʻziga xos tomonlarini (masalan, yashirin sovitkich yoki katapultali oʻrindiqlar) belgilash esdan chiqmasin!
Bitta mashina bilan cheklanib qolmang! Maxsus vaziyatlar yoki biron-bir mashhur inson uchun avtomobil yaratishga harakat qiling!
Kichik yoshdagi bolalarga boʻyash uchun avtomobil maketini chizib bering. Katta yoshdagi bolalarni avtomobilga qoʻshsa boʻladigan ilmiy modifikatsiyalar (masalan, yanada qalin shinalar yoki spoyler) toʻgʻrisida oʻylashga undang.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot orqali bolalar oʻz orzularidagi avtomobilni yaratish davomida dizayn tushunchasi bilan tanishadi! Ularning ijodkorligi chegara bilmaydi! Divanlardan foydalanish mumkin boʻlganda, avtomobil oʻrindiqlari nimaga kerak? Tom qismidagi jakuziga nima deysiz? Hamma narsaning iloji bor!