Oʻz oʻyinchogʻingni yarat

Kerak boʻladigan materiallar: ruchka, qogʻoz, chizgʻich.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: birinchi navbatda kichkintoyingiz qanday oʻyinchoqlarni yoqtirishini aniqlab oling. U nimasi bilan oʻziga jalb qiladi? Harakatlanishi, ovoz chiqarishi, kattaligi yoki yigʻilishi bilanmi? Bolalar qogʻozning oʻrtasiga oʻz orzularidagi oʻyinchoqni chizib berishi kerak.

Oʻyinchoqning muhim jihatlarini belgilab oling (elektr manbai orqali ishlaydimi yoki mexanik oʻyinchoqmi? Bosadigan, tortadigan, aylantiradigan tugma va richaglari bormi? Oʻyinchoq aynan nima qilishini taʼriflang hamda uning ishlashi va hamma qiziqarli funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ilova sifatida qoʻshib qoʻying. Endi esa uni boʻyang!

Mr. Potato Head (kartoshkabosh) antiqa oʻyinchogʻi aynan shu usulda, yaʼni haqiqiy kartoshkaga plastik aksessuarlar qoʻshish orqali yaratilgan.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot oʻz orzusidagi oʻyinchoqni yaratmoqchi boʻlgan ijodkor bolalar uchun juda mos keladi! Dizayn konsepsiyasi bilan tanishish orqali bolalar oʻz oʻyinchoqlarining vizual dizayniga eʼtibor berishni oʻrganishi yoki ular qanday texnik va mexanik omillarni oʻz ichiga olishi haqida oʻylashi mumkin. Antiqa yondashuv!