Oʻzbekistonda antiretrovirus terapiya

Body

Butun dunyo boʻylab millionlab odamlarda qoʻrqinchli OIV tashxisiga qaramay, ularga bugungi kunda antiretrovirus terapiya (ART)  keksalikkacha yashashga yordam beradi. Antiretrovirus terapiya bir vaqtning oʻzida ikkita maqsadga erishishga yordam beradi - organizmdagi viruslar sonini kamaytirish va kasallik belgilarini nazorat qilish.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) OIV infektsiyasi tashxisi qoʻyilgan paytdan boshlab bemorga ARTni boshlash haqida ogohlantirganiga qaramay, dunyo boʻylab OIV bilan kasallanganlarning atigi 47% davolanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida OIV bilan kasallangan bemorlar uchun ART terapiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Respublikamizda ARVT davolash 15 ta muassasa tomonidan amalga oshiriladi. ART tuman darajasida faoliyat yurituvchi yuqumli kasalliklar kabinetlari tarmogʻi tomonidan ta’minlanadi.

UNAIDS (BMT ning OIV infeksiyasi yoʻnalishida ish yurituvchi boʻlimi) ning 2020 yilda bergan maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda antiretrovirus davolanishi kerak boʻlgan kattalar va bolalarning 100 foizi ayni damda davolanmoqda.

Mamlakatimizda antiretrovirus terapiya samaradorligini tekshirish uchun virus miqdorini tekshirish boʻyicha milliy siyosat mavjud.

OIV bilan yashayotgan odamlarni imkon qadar tezroq ularni davolovchi tashkilotlar e’tiboriga yetkazish juda muhim. Bu nafaqat ARTni buyurish mezonlariga javob beradimi yoki yoʻqligini oldindan baholab ARTni oʻz vaqtida qabul qilishni boshlashga koʻmaklashadi, balki kelajakda OIV infektsiyasining tarqash oldini olish imkonini beradi.

Milliy ma’lumotlarga koʻra, agar 4-8 hafta ichida bemorning qonida virus darajasi 3-5 baravar kamaysa, bu ART davolash samaradorliligini koʻrsatadi. Koʻpgina bemorlarda virusli terapiyaning 12-16 xaftaligida OIV kontsentratsiyasi uni aniqlash mumkin boʻlmagan darajagacha yetadi, ya’ni u juda past darajaga tushadi.

Bolalarda preparatni buyurishda, koʻngil aynishi, qusish yoki ishtahani yoʻqotishiga olib keladigan tanaga ta’siri hisobga olinadi.