Oʻzgalarga gʻamxoʻrlik
Kerak boʻladigan materiallar: ikkita qoʻgʻirchoq yoki yumshoq oʻyinchoq; koʻrpa, kurtka yoki palto; stakan va suv idish.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: mashgʻulot payti sizni hech kim chalgʻitmasligi uchun iloji boricha tinchroq joy tayyorlab olishingiz kerak.
Qoʻgʻirchoqlardan birini qoʻlingizga olib, ikkinchisini farzandingizga bering. Unga qoʻgʻirchoqni mehr bilan quchoqlash va toʻgʻri koʻtarishni koʻrsatib bering. Qoʻgʻirchoqni quchoqlab: “Qara, u charchab qoldi” yoki “Men seni yaxshi koʻraman”, deyishingiz mumkin.
Qoʻgʻirchoqqa stakandan suv ichirishingiz mumkin. Jarayonni yakunlagach, farzandingiz ham qoʻgʻirchoqqa suv ichirib koʻrishi uchun stakanni unga bering. Farzandingizga: “U sovqotyapti”, deng va qoʻgʻirchoqni koʻrpaga oʻrab qoʻying. Farzandingiz ham oʻz qoʻgʻirchogʻinining ustini yopishi uchun koʻrpa bering va ikkovingiz birgalikda qoʻgʻirchoqlarni uxlatishga harakat qilayotgandek ularni tebqating.
Siz turli harakatlarni takrorlab, farzandingizni ham shunday qilishga undashingiz mumkin. Koʻnikmalarni mustahkamlash uchun mashqlarni bir necha marta takrorlang. Farzandingiz asta-sekin qoʻgʻirchoqqa gʻamxoʻrlik qilishning yangi usullari haqida oʻylay boshlaydi. Agar yumshoq oʻyinchoqlardan foydalansangiz, farzandingiz bu mashq yordamida yovvoyi hayvonlar va uy hayvonlariga gʻamxoʻr munosabat koʻrsatishni oʻrganadi.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu ajoyib oʻyin yordamida farzandingiz oʻzgalarning his-tuygʻulariga munosib javob qaytarishni, shuningdek, odamlarga mehribon boʻlishni oʻrganadi. Farzandingiz harakatli muloqot orqali oʻzini kelajakdagi ijtimoiy munosabatlarga tayyorlaydi.