Pedrina (besh tosh)

Kerak boʻladigan materiallar: mayda shagʻal, toshlar va yuqoriga otganda yerga tekis tushadigan narsalar (loviya solingan xaltacha yoki tennis toʻpi kabi).

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Farzand(lar)ingizga koʻchadan bir siqim mayda tosh terib kelishni ayting. Keyin ular yerda unchalik chuqur boʻlmagan, dumaloq chuqurcha qazishsin. Oʻyindan maqsad – loviya solingan xaltachani yuqoriga otib, u yerga kelib tushguncha toshlarning barchasini chuqurchaga tushirish, yoki aksincha, ularni chuqurchadan chiqarish. Bu oʻyinda bolalarning qanchalik chaqqonligi namoyon boʻladi.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: Pedrina – Angoladagi ommalashgan bolalar oʻyini. U oʻzimizning milliy besh tosh oʻyiniga oʻxshab ketadi, umumiy rivojlanish uchun boshqa millat madaniyatlariga tegishli oʻyinlar ham oʻynab koʻrilsa, aslo ziyon qilmaydi. Bolalar bu oʻyin davomida bir olam zavq oladi va oʻzlarining tezligi, moʻljal olish qobiliyati va epchilligini sinab koʻradi.