Pufakchalar chizish

Kerak boʻladigan materiallar: oq yoki rangli qogʻoz, qalam yoki boʻrchalar

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: farzandingiz bu yoshda qiyshiq chizgilar chizishni yoki qogʻozga belgi qoʻyishni yaxshi koʻradi. Unga tez-tez qogʻoz-qalam bering va bolangiz nimalarga qodirligini koʻring! Aylanalar – bolalar dastlab chizishni boshlaydigan shakl. Sahifani pufakchalar bilan toʻldirish qiziqarli mashgʻulotdir. “Kel, pufakchalar chizamiz! Men boshlayman”, deb aytishingiz mumkin. Qogʻozga bir nechta aylana chizib: “Endi sening navbating! Pufakchalarni qayerga chizasan? Qara, bunisi juda katta ekan! (yoki boshqacharoq, qiziqarli qilib sharhlang). Boshqa rang ishlatmoqchimisan? Qara, biz qancha pufakcha chizdik!” deyishingiz mumkin. Farzandingiz chizgan aylanalar siznikiga oʻxshamasa, tashvishlanmang. Agar bolangizga bu mashgʻulot chindan ham qiyinlik qilsa, qoʻlidan tutib yoʻnaltiring yoki bu mashgʻulotni keyinroqqa qoldiring. Shunchaki oddiy chizgilar chizib, vaqtni maroqli oʻtkazish ham mumkin.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: farzandingiz qalam yoki boʻrchalardan foydalanishni oʻrganadi. U diqqat bilan kuzatib, siz chizgan shakllarga oʻxshash shakl yaratishga harakat qiladi. Ushbu mashgʻulot natijasida farzandingizning jismoniy va kognitiv rivojlanishi mustahkamlanadi. Uni birgalikda bajarishingiz esa oʻzaro munosabatingizni yanada mustahkamlaydi.