Qanday emizish kerak: rasmlarda
Birinchi kunlarda qanday emizish kerak: bolani koʻkrakka tutish
Qanday emizish kerak: rasmlarda © raisechildren.net
Bola koʻkragingizni mustaqil ravishda olishiga ruxsat berishingiz chaqaloq va sizning orangizda mehr paydo qiladi.
Uni qoʻllaringiz yordamida koʻkraklaringiz orasiga qoʻying, chaqaloq terisi sizninig teringizni his etsin (teri-teriga holati). Chaqaloq koʻkragingizda yordamsiz oʻzi yotishi uchun orqaga suyaning. Agar u yigʻlayotgan boʻlsa, emizishdan oldin barmogʻingizni soʻrishi uchun imkon bering.
Qanday emizish kerak: rasmlarda © raisechildren.net
Bola koʻkragingiz soʻrgʻichini topishiga ruxsat bering. Faqat kerak boʻlgandagina yordam bering. U sizninig tanangizga burchak ostida yotishi mumkin. Agar sizda kesar kesish operatsiyasi oʻtkazilgan boʻlsa, bolaning oyoqlari va tanasini yon tomoningizga siljiting, bunda oyoqlarini va tovonlarini yostiq ustiga qoʻying.
Qanday emizish kerak: rasmlarda © raisechildren.net
Bola koʻkrak soʻrgʻichidan pastda boʻlsa, u iyagini koʻkragingizga tirab oladi, ogʻzini ochib, koʻkragingizni ogʻziga soladi. Bu juda tez sodir boʻlishi mumkin.
Koʻkrak suti bilan boqish samarali boʻlganda: onaning tashabbusi bilan oʻzaro bogʻlanish mustahkamlanadi
Qanday emizish kerak: rasmlarda © raisechildren.net
Ona tashabbusi bilan mehr-bogʻlanishning ortishi bolani koʻkragingizga qoʻyganingizda boshlanadi.
Bolani orqasi va yelkasidan ushlab turing (boshini emas), shunda koʻkragi koʻkragingizga tegadi. Uning burni koʻkragingizning soʻrgʻchiga toʻgʻri kelishi kerak. Ogʻzini keng ochishi uchun koʻkrak soʻrgʻichini burnidan labigacha tegizing.
Qanday emizish kerak: rasmlarda © raisechildren.net
Bolani koʻkragingizga olib keling. Koʻkrak soʻrgʻichini tanglay tomonga qarating. Bola koʻkrakni ogʻziga solganda koʻkrak uchidagi qora joyning (areolaning) yuqori qismi pastki qismidan koʻproq koʻrinadi.
Qanday emizish kerak: rasmlarda © raisechildren.net
Bola koʻkrakni onaning yordami bilan hamda mustaqil oʻzi tutganda iyagini koʻkragingizga bosgan holda boʻlsa va burni bilan erkin nafas olsa, demak, u koʻkrakka toʻgʻri tutilgan. Bunda bolaning pastki labi ochiq va tashqariga qayrilgan, yonoqlari yumaloq va sizning koʻkragingizning uchi ogʻzida, areolaning yuqori qismi pastiga nisbatan koʻproq koʻrinadi. U tezda soʻrishni boshlaydi va uzoq, bir maromda soʻrishga oʻtadi.
Koʻkrak suti bilan ovqatlantirishdagi muammolar: nima qilish kerak?
Qanday emizish kerak: rasmlarda © raisechildren.net
Chaqalogʻingiz koʻkrakka notoʻgʻri tutilgan boʻlsa va faqat koʻkrak soʻrgʻichini soʻrayotgan boʻlsa, emizish ogʻriqli boʻladi, koʻkrak soʻrgʻichlari shikastlanishi mumkin, bola yetarli miqdorda sut ololmaydi.
Qanday emizish kerak: rasmlarda © raisechildren.net
Agar bola koʻkrakka notoʻgʻri tutilgan boʻlsa, emizishni toʻxtating. Sinchaloq barmogʻingizni ogʻziga, milklar orasiga solib ovqatlantirishni toʻxtating. Ehtiyotkorlik bilan uni koʻkrakdan oling.
Qanday emizish kerak: rasmlarda © raisechildren.net
Farzandingiz emganidan keyin har safar kekirishi kerak. Buning uchun uni oʻtirgʻizing yoki yelkasidan tuting va orqasini silang, yoki yengil shapatilang.