Qara, oʻz qoʻllaring bilan nimalar qila olishing mumkin!
Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu yoshda farzandingiz oʻz qoʻllarining imkoniyatlarini kashf etadi. U qoʻllariga qaraydi (ular qanday?) va ular bilan ogʻzini topadi. Farzandingizga buni oʻrgatishingiz shart emas, lekin siz bu yangi bilimlarni har kuni yangi usullar bilan ragʻbatlantirishingiz mumkin. Farzandingizning qoʻl panjasi va qoʻllari kunning koʻp qismida erkin harakatlanayotganiga ishonch hosil qiling. Tagliklarini almashtirish, kiyinish va choʻmilish farzandingiz uchun yaxshi imkoniyat boʻlishi mumkin. Farzandingiz qoʻllarini va kaftlarini bemalol koʻra oladigan va boshqara oladigan holatda iloji boricha koʻproq boʻlsin. Bu “hiyla”ni bilib, farzandingiz biroz xavotirga tushishi mumkin. Farzandingiz va uning qoʻllari oʻrtasidagi bogʻliqlikka eʼtibor bering va bu bogʻliqlikdan hosil boʻlgan qoniqish hissini u bilan baham koʻring.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu – farzandingiz turli tana aʼzolari harakatini boshqarish qobiliyatini rivojlantirishi uchun muhim bosqich. Shuningdek, bu mashgʻulot farzandingiz barmoqlarini ogʻziga solganda taʼm sezish va his qilish kabi sezgilarini rivojlantiradi.