Qarsaklar
Kerak boʻladigan materiallar: yoʻq.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Ushbu ajoyib mashgʻulot bilan turli vaqt va joyda shugʻullanish mumkin: bogʻda, yotoqxonada yoki kichkintoyingiz oʻzini qulay his qiladigan har qanday boshqa yerda.
Dastlab yerga, divanga, toʻshakka yoki stulga oʻtirib, kichkintoyingizni yoningizga qoʻying. Kichkintoyingizga kulgili yuz ifodasini namoyish qiling va uni ham kulgili qiliq qilishga yoki tanasining bir qismiga tegishga undang. U boshida qanday qilib kulgili qiliq qilishni bilmasa ham, tez orada barcha ishlaringizga taqlid qilishni boshlaydi.
Kichkintoyingiz kulgili biror qiliq qilsa yoki tanasining siz aytgan joyiga tega olsa, qarsaklar bilan uni tabriklang. Shuningdek, siz “Barakalla!” deb kichkintoyingizni ragʻbatlantirishingiz mumkin. Bir muddat toʻxtab, soʻng mashgʻulotni yana takrorlang. Kichkintoyingizning reaksiyasini koʻrish uchun qarsak chalib “Barakalla” deng. Qarsak chalishni qaytarishini soʻrang. Buni qanday qilishni koʻrsating yoki qoʻllaridan tutib, unga yordam bering. Kichkintoyingiz boshqalarning yordamisiz buni qila oladi.
Qarsak chalish kichkintoy uchun qiyin mashgʻulot boʻlishi mumkin. Sizning yordamingiz va daldangiz bilan esa bu osonlashadi.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: ushbu oddiy mashgʻulot tufayli kichkintoyingiz kattalarning imo-ishoralari va harakatlariga taqlid qilishni boshlaydi, mitti qoʻllarining harakatini muvofiqlashtirishni yaxshilaydi va siz bilan birga oʻtgan lahzadan zavqlanib, oʻzaro aloqani yanada mustahkamlaydi.