Qofiya vaqti

Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu mashqni bajarish uchun kichkintoyingizni faqat beshik yoki karavot kabi yumshoq yuzaga orqasi bilan yotqizishingiz  kerak. Vazifani yanada qiziqarli qilish uchun taglikni almashtirganda ham ushbu mashqni bajarishingiz mumkin.

Tugʻilganda chaqaloqlar faqat 20–30 santimetr masofani koʻra oladi xolos, shuning uchun chaqaloqqa shu masofada old tomondan qarang. Uning eʼtiborini jalb qilish uchun u bilan muloyim gaplashishni boshlang. Uning eʼtiborini tortganingizdan soʻng, kichik sheʼr aytib berishingiz mumkin. Bundan tashqari,  har kuni yoki har taglik almashtirganda turli sheʼrlarni aytsangiz ham boʻladi.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot kichkintoyingizga tovushlarning manbasini bilishga, boshini burishga va boshqalarga ushbu yoqimli harakatlari bilan javob qaytarishga yordam beradi.