Qo’g’irchog’im bilan yolg’ondakam o’yin
Kerak bo’ladigan materiallar: Qo'g'irchoq, yumshoq o’yinchoq, yoki shunga o’xshash narsa ; uncha katta bo’lmagan finjon, adyol yoki mato kabi boshqa bir necha buyumlar; farzandingiz tasavvur qilib o’ynaydigan o’yinda foydalanishi mumkin bo’lgan yana qandaydir buyumlar.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Bu yoshda farzandingiz "yolg’ondakam o'ynay" boshlaydi va o’ziga tanish bo'lgan oddiy sahnalarni yaratish uchun buyumlardan foydalanadishni o’rganadi. Siz bunday o'yinlarni oddiy usullar bilan rag'batlantirishingiz mumkin. Farzandingiz bilan o'tirib, sevimli qo'g'irchoqni, yumshoq ayiqni yoki shunga o'xshash boshqa o'yinchoqlarni (hattoki paypoq va matolardan yasalgan) olib, qo'g'irchoqni go’yo go'dak deb tasavvur qiling. Siz qo'g'irchoqni chayqatishingiz, qo'shiq kuylashingiz, finjon orqali "ovqatlantirishingiz" yoki o'zingizning o’ylab topilgan karavotga yotqizishingiz mumkin - istaganingizni qiling, lekin murakkablashtirib yubormang. Qo'g'irchoqni yotqizing va farzandingiz nima qilishini kuzating. U siz qilgan ishni qilishi yoki materiallardan o’zgacha tarzda foydalanishi mumkin. Siz farzandingiz nima qilayotganini ta’riflashingiz mumkin - “Voy, chaqalog'ing uxlamoqchimi? Sen xayrli tun tilayapsan! Farzandingizning qiziqishi yo’qolmaguncha, o'ynashda davom eting. Foydalanilgan buyumlarni farzandingiz topa oladigan va o’zi mustaqil ishlata oladigan joyda qoldiring. Qiziqishni yuqori darajada ushlab turish uchun vaqti-vaqti bilan yangi buyumlar qo'shing.
Farzandingiz nimani o'rganadi: Bunday o'yin farzandingizning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, chunki u bir buyumdan (masalan, ayiqchadan) boshqa buyum sifatida foydalanadi (masalan, chaqaloq). Bunday fikrlash keyinchalik akademik kompitentlik uchun asos yaratadi. Shuningdek, u ijodkorlik qobiliyati va tasavvurni rivojlantirib farzandingiz bilan sizning o’rtangizdagi aloqalarni mustahkamlaydi, chunki siz maroqli, o’yinli mashg’ulotlar bilan vaqt o'tkazasiz.