Qoʻgʻirchoq teatri
Kerak boʻladigan materiallar: qoʻgʻirchoqlar, oʻyinchoqlar va har xil haykalchalar; rekvizit sifatida ishlatsa boʻladigan roʻzgʻor buyumlari.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu mashgʻulot bolalarga ijod qilish uchun toʻliq erkinlik beradi. Ularning tasavvurlari oʻzlari istaganday gurkirasin!
Bolalarga oʻyinchoqlari, qoʻgʻirchoqlari va haykalchalarini toʻplashni ayting. Guruhda pyesa ruhidagi dramatik sahna koʻrinishi uchun turli gʻoyalarni muhokama qiling. Qoʻgʻirchoqlar / oʻyinchoqlar oʻrtasidagi munosabatlar qanday? Voqealar rivoji qayerda boʻladi? Ular qanday hayajonli voqealarni yarata olishadi?
Bolalar kim oʻynashini / ovoz berishini / qoʻgʻirchoq va oʻyinchoqlarni boshqarishini hal qilishi kerak. Ular turli personajlar uchun ssenariy yozishi yoki quvnoq tarzda improvizatsiya qilishi mumkin!
Ular har xil gʻoyalarni repetitsiya qilib, tayyor holga keltirganlaridan keyin, sahna koʻrinishlarini doʻstlar va oila davrasida namoyish qilishlarini ayting. Bunday sahna koʻrinishiga haqiqiy dramatik tus berish uchun bolalar qahramonlari yoki koʻrinish tartibini yaxshi bilishi kerak. Chiroq, kamera, motor!
“Sovunli opera” atamasi 1930-yillardagi radiopostanovkalarda qoʻllanilgan. Bunday postanovkalarning asosiy homiylari sovun va yuvish vositalari ishlab chiqaruvchilari boʻlgani uchun ham ular shunday nomlangan.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: ushbu mashgʻulot bolalar uchun tasavvur va ijodkorlikni, shuningdek, oʻziga ishonch va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Shu bilan birga, bu ularga uzoq davom etadigan zavq beradi!