Qogʻoz minoralar

Kerak boʻladigan materiallar: har bir ishtirokchi yoki jamoa uchun 5 varaq qogʻoz, yopishqoq tasma, ruletka, yelpigʻich (ixtiyoriy).

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: ishtirokchilar yolgʻiz yoki jamoada ishlagan holda, atigi 5 varaq qogʻoz va yopishqoq tasmadan foydalanib iloji boricha balandroq minora qurishlari kerak. Polda yoki stol ustida oʻz minoralarini qurishlari uchun oʻyin ishtirokchilariga 5–10 daqiqa vaqt bering. Oʻyin oxirida gʻolibni aniqlash uchun har bir minoraning balandligini oʻlchang!

Bu oʻyinda balandlik bilan birga mustahkamlik ham nihoyatda muhimdir – agar minora uni oʻlchashdan oldin qulab ketsa, jamoa oʻz-oʻzidan oʻyindan chiqib ketadi!

Qogʻoz minoralarning mustahkamligini ventilyator yordamida sinab koʻring! Ular yetarlicha mustahkammi?

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bolalar uchun moʻljallangan ushbu qiziqarli oʻyinda ishtirokchilar qogʻozdan eng baland minora qurish uchun bellashadi. Gʻolib boʻlishni xohlagan ishtirokchilar ijodkorlik va topqirlik bilan fikr yuritishlari kerak boʻladi. Shuningdek, bu oʻyin bolalarning ijtimoiy va jamoaviy ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam berishning qiziqarli usuli boʻlishi ham mumkin.