Qora va oq shakllarni aniqlash (goʻdaklar uchun)

Kerak boʻladigan materiallar: qora va oq rangdagi kartochkalar, qora, oq va qizil bezakli kartochkalar

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: harakatlaringizni faollashtiradigan bosqichlar:

1. Har bir kartochkani bolaning koʻz oldida ushlab turing. Bolaga yetarlicha vaqt bering va kartochkani koʻrib olishi uchun uni bir necha soniya davomida qimirlatmasdan ushlab turing.

2. Har bir kartochkani koʻrsatayotib “oʻh-hoʻ”, “qara” kabi oddiy soʻzlardan foydalanib bolangiz bilan gaplashing va bu qanaqa shakl ekanini aniqlashtiring. Kichkintoyingizga qoʻlini choʻzib kartochkani olishiga yoki agar uddalay olsa, uni ushlab turishiga ruxsat bering.

3. Hamma kartochkalarni stol ustiga yoki polga yoyib chiqing. Bolalarga barcha naqsh va shakllarni bir vaqtda koʻrishiga ruxsat bering. Birorta naqsh farzandingizda boshqalaridan koʻra koʻproq qiziqish uygʻotdimi?

Tayoqchalar va kolbachalar deb yuritiladigan koʻz toʻr pardasining ichki tuzilishi bizga ranglarni qabul qilish imkonini beradi. 6–9 oylikdan kichik bolalarda bu tuzilish koʻk, pushti, sariq, binafsha va yashil ranglarning intensivligi va ahamiyatini koʻrish uchun yetarli darajada rivojlanmagan boʻladi. Buning oʻrniga bola yuqori kontrastli oq va qora ranglarni osonroq koʻradi.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: yuqori kontrastli naqshlar – bola ilk yoshda koʻrishi mumkin boʻlgan narsalardan biridir. Uy ichidagi bu mashgʻulot goʻdaklarga aniq va qiziqarli narsaga eʼtibor qaratish imkoniyatini berib, ularning koʻrish qobiliyati va konsentratsiyasini rivojlantirishga yordam berish uchun moʻljallangan.