Qushlar sayrashini tinglaymiz
Kerak bo’ladigan materiallar: Qushlar sayrashining audioyozuvi (ixtiyoriy)
Birgalikda nima qilishingiz mumkin:
1-qadam
Tashqariga chiqing va qushlarni tinglang - buni quyosh chiqayotganda yoki botayotganda qilganingiz yaxshi. Tinglang, bir necha turdagi qushlar ovozini ajrata olasizmi yoki yo'qmi.
2-qadam
Eshitayotgan tovushlaringizni takrorlashga harakat qiling. Kichkintoyingiz ham sizning, yoki qushlarning ortidan takrorlasin.
3-qadam
Qaysi qushlar qanday tovush chiqarayotganini aniqlang. Oddiyroqlaridan - qaldirg’ochning chiyillashi, kabutarning qur-quridan boshlashingiz mumkin. Ehtimol, sizga har xil qushlarning turlicha sayrashini va ovozini ajratishni o’rganish uchun qushlar ovozi yozilgan audioni tinglash qiziq bo’lar.
4-qadam
Eshitgan tovushlaringizni yozib olish yoki takrorlash orqali siz qushlarning sayrashidan tashkil topgan shaxsiy "tonggi xor"ingizni tuzishga harakat qiling. Siz tinglayotgan tovushlarni go’yo xirgoyi qilib, o’zingizning maromingizni yoki musiqangizni o’ylab topishingiz mumkin!
Farzandingiz nimani o'rganadi: Tadqiqotchilar polaponlar sayrashni qanday qilib o'rganishi va kichkintoylarning qanday qilib gapirishni o'rganishi o'rtasidagi o'xshashliklarni aniqladilar! Polaponlar sayrashni bosqichma-bosqich o’rganadilar. Xuddi shunday, kichkintoylar ham avval guvranishni o’rganadilar. So’ng, polaponlar oddiy kuyni o’zlashtiradilar va oxir-oqibat sayrashni o’rganadilar, xuddi kichkintoylar gapirishni o’rganganlaridek.