Quti

Kerak bo’ladigan materiallar: Rangli qog'ozlar yoki karton; quti yoki konteyner. Agar sizda rangli qog'oz bo'lmasa, o'yinchoqlardan foydalanishingiz mumkin.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Boshlashdan avval, kichkintoyingiz bilan o'ynaydigan joyingizni tayyorlang; joy qulay ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Siz kichkintoyingizni oldingizdagi gilamchaga, stulga yoki karavotga o'tqizishingiz mumkin.

Rangli qog'ozlar yoki oddiy kartonlarni qutiga soling va kichkintoyingiz bilan ularni o'ynab, qog’ozlar turli shakl va ranglarga ega ekanini ko'rsating, keyin esa qog’ozlarni qutidan olib, ular qanday xususiyatga va rangga ega ekanini o’rganing . Keyin kichkintoyingizga bularning hammasini qutiga joylashni o'rgating. Buni qo'shiq kuylab, yoki she’r aytib bajarishingiz mumkin. 

Farzandingiz nimani o'rganadi: Ushbu mashg'ulot orqali siz kichkintoyingizni atrofidagi narsalarga qiziqish bildirishga undaysiz. Shuningdek, bu farzandingizning mayda va yirik motorikalarini rivojlantiradi.