Qutidagi toʻplar

Kerak boʻladigan materiallar: turli xil oʻlchamdagi bir nechta toʻp (yumaloq qilib oʻralgan paypoq yoki gazetadan yasalgan yumshoq toʻplar boʻlishi mumkin); sizdagi eng katta toʻpdan kattaroq karton quti.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: oʻyinni uy ichida (agar toʻplar yumshoq boʻlsa) yoki ochiq havoda oʻtkazishga tayyorlaning. Bolangizga toʻpni quti ichiga tashlashga urinib koʻrishni taklif qiling. Buni qanday qilish mumkinligini oʻzingiz koʻrsatib bering va qutiga juda yaqin turing. Farzandingiz uloqtirishni uddalaganida unga qutidan uzoqroq turishni taklif qiling. Turli oʻlchamdagi toʻplar bilan bu mashqni sinab koʻring. Bolajoningiz buni oʻzi mustaqil bajarishdan zavqlanadi. Agar qiziqish bildirsa, u toʻpni qutiga necha marta tushirganini hisoblash ham mumkin.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: farzandingiz bu va shu kabi oʻyinlarda jismoniy koʻnikmalarini rivojlantiradi. U aniq uloqtirishlarni amalga oshirish uchun oʻz harakatlarini boshqarishni oʻrganadi. Bu mashgʻulot boʻyicha koʻnikmangiz oshgan sari farzandingizning oʻziga boʻlgan ishonchi ortadi. Agar oʻyinga hisobni ham qoʻshsangiz, bolangiz oʻzining ilk matematik qobiliyatlarini yaxshilaydi.