Qutilarni ochish

Kerak boʻladigan materiallar: oʻrtacha kattalikdagi quti (qopqogʻi boʻlsa yanayam yaxshi), turli hajmdagi oʻyinchoqlar.

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bu mashgʻulotni boshlash uchun qutiga 5–10 ta oʻyinchoq soling. Keyin qutini kichkintoyingizga bering va uni qanday ochish kerakligini koʻrsating.

Shundan soʻng oʻyinchoqlarni qutidan chiqarib, yana joyiga qaytarib solishni taklif qiling. Kichik oʻyinchoqlarni farzandingiz faqat bosh va koʻrsatkich barmoqlari bilan olishini va oʻzi istagan paytda qoʻyib yuborishini koʻrasiz.

Bolangiz ogʻziga solishi mumkin boʻlgan kichkina buyumlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: bu mashgʻulot yordamida siz nafaqat bolangizning mayda motorika koʻnikmalarini, balki qiziquvchanligini ham oshirasiz.