Ranglar ovi

Kerak boʻladigan materiallar: turli rangdagi kichik narsalar (masalan, qizil paypoq yoki apelsin)

Birgalikda nima qilishingiz mumkin: farzandingizni “Ranglar ovi” oʻyinini oʻynashga taklif qiling. “Qara! Mana qizil paypoq. Qizil rangli boshqa narsalarni topa olasanmi? Kel, birgalikda koʻrib chiqamiz!” Uyingizning turli joylaridan qidiring yoki ochiq havoda “ov qiling”. Rangni bildiruvchi soʻzdan tez-tez foydalaning.

Keyin boshqa rangdagi narsalarni qidirib, ranglar ovi bilan shugʻullaning. Binafsha, toʻq sariq, jigarrang ranglarni qoʻshing, shunda bolangiz koʻproq rangni oʻrganadi. U koʻproq maʼlumotga ega boʻlgach, misol keltirmay turib farzandingizdan faqat maʼlum bir rangdagi narsalarni topishini yoki qaysi rangni qidirishini xohlashini soʻrashingiz mumkin.

Ushbu oʻyindan tashqari bolangizga kundalik suhbatda rang nomlaridan foydalanib ranglarni oʻrganishda yordam bering (ovqat tayyorlashda: “Hozir men shu sariq bananlarni archiyman” yoki kiyinayotganda: “Endi bugun kiymoqchi boʻlgan binafsharang koʻylagingni topaylik”.

Farzandingiz nimani oʻrganadi: ranglarni bilish maktabga tayyorgarlikning muhim qismidir. Farzandingizning tafakkuri buyumlar turli koʻrinishda, bir xil rangda boʻlishi yoki aksincha, masalan, shlyapaga oʻxshab bir xil koʻrinishda va turli ranglarda boʻlishi mumkinligini taqqoslash orqali rivojlanadi.