Raqamlarni qiziqarli qilamiz
Kerak boʻladigan materiallar: talab etilmaydi.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: bolaning koʻzlariga qarab, ovoz chiqarib sekin sanang. Shunday qilib, siz uning xatti-harakatlarini, qiziqishlarini kuzatishingiz, kerak boʻlganda unga yordam berishingiz va sizga eʼtibor qaratishga undashingiz mumkin. Farzandingizni qoʻllab-quvvatlang va u yetarlicha katta boʻlsa, mustaqil hisoblashni taklif qiling. Buning uchun raqamlar va hisoblashga oid oddiy qoʻshiqlarni kuylang.
Ushbu mashqni bolangiz bilan tez-tez bajaring. Sayrga chiqqanda toshlarni, shoxlardagi barglarni sanang, bir uydan ikkinchisigacha boʻlgan qadamlarni yoki yotoqxonangizdagi derazalar sonini hisoblang.
Siz bu mashgʻulot bilan har kuni erkin oʻyin paytida yoki kundalik ishlarda – kiyinish, ovqat tayyorlash, xarid qilish yoki sayr vaqtida shugʻullanishingiz mumkin.
Farzandingiz nimani oʻrganadi: butun atrofimizda raqamlar uchraydi! Farzandingizga ulardan zavqlanishni oʻrgatish uning boshlangʻich matematik qobiliyatlarini rivojlantirishning bir usuli hisoblanadi.