Rasmli jadval tuzish
Kerak bo’ladigan materiallar: Qog'oz va markerlar yoki ruchka va qalamlar; bir yoki bir necha rasmli kitoblar (agar sizda kitoblar yo'q bo'lsa, jurnal rasmlarini varaqqa yopishtirib, ularni birlashtirish, yoki oddiy rasmlarni chizish orqali kitob yasashingiz mumkin); agar sizda bor bo'lsa, jurnal rasmlari; jadvalni osish uchun lenta.
Birgalikda nima qilishingiz mumkin: Bu yoshda bolalar voqealar ko'pincha ma’lum bir ketma-ketlikda (birinchi, ikkinchi, oxirgi) va ma'lum vaqtlarda sodir bo'lishini tushunadilar. Maktabga borishni boshlashlari bilan ular uchun jadvallar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko'p bolalarga rasmli oddiy jadvallar juda yoqadi va bu ularga yordam beradi. Siz o’zingiz farzandingiz bilan uyda odatiy kun tartibingizni ko'rsatadigan jadval tuzishingiz mumkin.
Katta qog'oz varag’i va bir nechta marker oling. Siz kun tartibidagi bo’limlarni raqamlashingiz mumkin. Keyin farzandingiz bilan o'ylab ko’ring: “Har kuni, birinchi navbatda nima qilasan? O’rningdan turasan! ”, keyin farzandingizga biror narsani, masalan uning karavotini chizishga yordam bering. Siz so'zlarni kompyuterda bosib chiqarishingiz, yoki farzandingizga bunda yordam berishingiz mumkin. Agar ma’lum vaqtda farzandingizningning muayyan qiziqishlari bo’lsa ularni ham yozishingiz mumkin. Kunning qolgan qismini oddiygina tuzib, ovqatlanish vaqti, maktab payti, ochiq havoda o'ynash va hokazolarni kiritishingiz mumkin. Farzandingiz dam olish kunlarini turlicha o’tkazishi mumkin va unga o'sha kunlar uchun o’zgacha jadval tuzish yoqib qolishi mumkin.
Jadval tayyor bo’lgach, uni farzandingiz va o’zingiz ko’ra oladigan joyga osib qo’ying.
Farzandingiz nimani o'rganadi: Siz odatiy kun voqeliklarini ma’lum bir tartibda yoki ketma-ketlikda tashkil qilgan holda (bu bolalar matematik qobiliyatiga ham yordam beradi), farzandingizning fikrlash qobiliyatini rivojlantirasiz. Ko'pchilik bolalar ayni damda noaniq bo’lgan biror hayotiy voqeadan nimani kutish kerakligini aniq bilsalar, o’zlarini hissiy-emotsional jihatdan xavfsizroq his qiladilar.